Lenur Serverovich Temirov (, 1990-yil 1-yanvar, Olmaliq shahri, Oʻzbekiston SSR) – klassik uslubdagi Ukraina va Rossiya kurashchisi. 2012-yil Londonda va 2020-yil Tokioda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarining ishtirokchisi. 2018-yilgi Jahon chempionatining va 2019-yilgi Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori. Ukraina chempionatlarining koʻp marotaba gʻolibi va sovrindori. Ukraina xalqaro toifadagi sport ustasi. Kelib chiqishi boʻyicha – qrim tatar.

Faoliyati Lenur Temirov 2010-yildagi oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatining va 2018-yildagi Jahon chempionati bronza medali sohibi boʻlgan. U Simferopolning hozirgi qarorgohida joylashgan „Dinamo“ jamoasining kurash boʻyicha jamoasi aʼzosi boʻlib, unga Ismet Saliyev ustozlik qilgan.

Temirov 2012-yili Londonda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida Ukraina nomidan qatnashib, u yerda erkaklar oʻrtasida 60 kg vazn toifasida ishtirok etgan. Biroq, saralash bosqichida qozogʻistonlik Almat Kebispayevga yutqazib qoʻyadi. Kebispayev ketma-ket ikki davrada sakkiz ochko jamgʻarib, Temirovni bitta ochkosiz qoldirgan.

2014-yilda Qrim Rossiya Federatsiyasiga qoʻshib olinganidan keyin, uzoq vaqt davomida kelajakda qaysi davlat vakili boʻlishini tanlay olmagan. 2014-yil 22—23-may kunlari Zaporojye shahrida yunon-rum kurashi boʻyicha Ukraina chempionatida qatnashib, 66 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Uch haftadan soʻng, Rossiya chempionatida debyut qilib, finalda Asker Orshokdugovga yutqazadi.

Qrim Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan keyin Temirov Rossiya milliy musobaqalarida qatnashib, Rossiya terma jamoasiga chaqiriladiWrestler Lenur Temirov from Sudak is called to the Russian national team. 2015-yilda Qrim rahbari Sergey Aksyonov sovrinlari uchun kurash boʻyicha Butunrossiya turnirida gʻolib boʻlgan. 2017-yili Rossiya milliy chempionatida 5-oʻrinni egallagan.

Keyinchalik, u faqat Rossiyaga vakillik qila boshlaydi. 2016-yilgi kurash boʻyicha Rossiya chempionatida qatnashgan. 2017-yilda Rossiya chempionatida 5-oʻrinni egallab, terma jamoaga chaqirilgan. Soʻng, yana Ukrainaning vakili boʻlishga qaror qiladi. 2018-yilda Budapeshtda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Ukraina terma jamoasi tarkibida 63 kilogrammgacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritadi.

2019-yil aprel oyida Buxarestda 60 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Yevropa chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. 2020-yil fevral oyida Italiya poytaxtida boʻlib oʻtgan qitʼa chempionatida 63 kilogrammgacha vazn toifasida qatnashgan. Unda Lenur bronza medali uchun boʻlgan kurashda norvegiyalik sportchi Stig Andre Bergeni magʻlub etib, Yevropa chempionatidagi navbatdagi bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Lenur Temirov V. I. Vernadskiy nomidagi Taurida milliy universitetini tamomlagan.

Manbalar

Havolalar Profil – Xalqaro kurash maʼlumotlar bazasi NBC Olimpiadasi profili

Turkum:Qrim-tatarlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari Turkum:2012-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi kurashchilari