Bekzod Kamolovich Aripov (19.06.1989, Toshkent, Oʻzbekiston) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi, sobiq futbolchi.

Biografiya Bekzod Aripov 1989-yil 19-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 7 yoshdan futbol maktabiga borgan.

„Chigʻatoy“ klubida yarim himoyachi va jamoa sardori boʻlgan. Sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

2013-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya institutini tamomlagan.

„Paxtakor“ va „Bunyodkor“ jamoalari tarkibida toʻp surgan.

Oʻzbekiston Professional futbol ligasi musobaqalarni oʻtkazish boʻlimida ishlagan

2019-yilning 2-may kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hakamlar va nazoratchilar departamenti direktori etib tayinlandi.

Bunyodkor jamoasi tarkibida 2009-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Chigʻatoy klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar