Veniamin Vasilevich Volkov (20-yanvar 1921-yil, Toshkent – 21-fevral 2019-yil, Sankt-Peterburg) sovet va rus oftalmologi, tibbiyot fanlari doktori (1964), professor (1967), M. Kirov nomidagi Harbiy Akademiyaning oftalmologiya kafedrasi mudiri (1967–1989), SSSR Mudofaa vazirligining bosh oftalmologi, tibbiy xizmati general-mayori (1979), Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1982). SSSR Davlat mukofoti laureati.
Biografiyasi Veniamin Volkov 1921-yil 20-yanvarda Toshkent shahrida Vasiliy Firsovich (harbiy uchuvchi) va Mariya Semyonovna Volkovlar oilasida tavallud topgan. 1923-yildan Petrogradda yashagan va S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasiga oʻqishga kirgan. Akademiyada stalin stipendiyasi sohibi boʻlgan (1942). 1941–1942-yillarda qamaldagi Leningradda qiruvchi batalyonda jangchi boʻlgan. Veniamin koʻrsatgan jasorati uchun „Leningrad mudofaasi uchun“ medali bilan taqdirlangan. 1942-yil may oyida S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasini tugatgandan soʻng, havo-desant qoʻshinlari bataloniga shifokor lavozimiga tayinlandi.
SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1982-yil 16-fevraldagi farmoni bilan S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining oftalmologiya kafedrasi mudiri Veniamin Vasilyevich Volkov Sovet harbiy tibbiyotini rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun Lenin ordeni, „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali va Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.
Volkov 1989-yil 20-sentyabrda nafaqaga chiqqan. U Bogoslovskoye qabristoniga dafn qilingan.
Oilasi Opasining ismi Taisiya. Rafiqasi – Vera Vasilyevna Varshakova (1922–1997). Qizlari: Mariya Volkova va Irina Rubtsova. Nabiralari: Yekaterina Krasnoshekova, Mixail Krasnoshekov, Veniamin Krasnoshekov va Andrey Rubtsov. Evaralari: Polina Krasnoshekova, Darya Krasnoshekova, Anastasiya Ruleva hamda Denis Rubtsov.
Xotirasi Vasilyevichning xotirasi S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasining oftalmologiya kafedrasi va klinikasiga V. V. Volkov nomi berilgan.
Xalqaro Astronomiya Ittifoqi qoʻmitasining 2000-yil 20-martdagi qarori bilan № 7555 kichik sayyora „Ven Volkov“ nomini oldi.
2021-yil 14-15-may kunlari S. M. Kirov nomidagi Harbiy tibbiyot akademiyasida V. V. Volkov tavalludining 100 yilligiga bagʻishlab, „Umumiy va harbiy oftalmologiya“ yubileyi ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Manbalar
Turkum:Sovet Ittifoqi Kommunistik Partiyasi aʼzolari Turkum:SSSR Qurolli Kuchlarining 70 yilligi yubiley medali sohiblari Turkum:Venani ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Budapeshtni ozod qilganlik uchun medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 70 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 65 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 60 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 50 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 40 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 30 yilligi medali sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning 20 yilligi medali sohiblari Turkum:„1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Vatan oldidagi xizmatlari uchun 4-darajali ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari Turkum:Sankt-Peterburgda vafot etganlar Turkum:2019-yilda vafot etganlar Turkum:21-fevralda vafot etganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:1921-yilda tugʻilganlar Turkum:20-yanvarda tugʻilganlar