Pomazan Yevgeniy Valeriyevich (1989-yil 31-yanvar, Angren shahri, Oʻzbekiston SSR) – rossiyalik futbolchi, SKA-Xabarovsk klubi darvozaboni.

Biografiyasi Klublardagi faoliyati Pomazan Yevgeniy Valeriyevich 2006-yilgacha „Kuban-89“ yoshlar jamoasida oʻynagan, shundan soʻng u klubning asosiy roʻyxatiga kiritilgan, ammo oʻsha mavsumda umuman maydonga tushmagan. 2007-yil 27-iyunda u Kubanning asosiy jamoasi tarkibida Rossiya kubogi 1/16 finalida birinchi oʻyinini oʻtkazgan. 2007-yil 24-iyulda SSKA klubiga 2007-yil 15-dekabrgacha ijaraga berilgan. U 28-oktyabr kuni chempionatning 28-turidan oʻrin olgan uy uchrashuvi „Krilya Sovetov“ ga (4:2) qarshi oʻyinda maydonga tushgan. 2007—2008-yilgi mavsum oraligʻida jamoada yaxshi oʻyin koʻrsatdi. SSKA 2008-yilgi mavsumda yoshlar jamoasida 11 ta oʻyin oʻtkazgan, 8 ta gol oʻtkazib yuborgan va 7 ta quruq oʻyin oʻtkazgan Pomazanni sotib olgan.

2010-yilning qishida „Ural“ ga ijaraga berilgan. 2011-yilning fevralida u „Spartak-Nalchik“ga ijaraga berilgan. 2011-yil 31-avgustda „Anji“ ga koʻchib oʻtgan. 2013-yilning iyun oyida esa „Ural“ga bir yilga ijaraga berilgan, ammo avgust oyi oxirida „Maxachqal’a“ klubiga qaytarilgan.

2017—2018-yilgi mavsumdan boshlab „Baltika“ da oʻynagan, 2020-yil iyun oyida Minskning „Dinamo“ klubiga koʻchib oʻtgan. U 2021—2022-yilgi mavsumni „Chayka“ klubida oʻtkazgan va jamoa sardori boʻlganВратарь Евгений Помазан покинул «Чайку». Голкипер является чемпионом юношеского Евро-2006.

Terma jamoadagi faoliyati Pomazan Yevgeniy Valeriyevich 2006-yilda Rossiya yoshlar terma jamoasi aʼzosi sifatida Yevropa chempioni boʻlgan. Asosiy vaqtdan keyingi penaltilar seriyasi natijasiga koʻra, final oʻyinida Rossiya terma jamoasi Chexiya terma jamoasi ustidan gʻalaba qozongan. Pomazan esa turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Yutuqlari SSKA Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2007) Rossiya kubogi gʻolibi (2008/09) Rossiya Superkubogi gʻolibi (2009)

Anji Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori (2012/13) Rossiya kubogi finalchisi (2012/13)

Kuban Rossiya kubogi finalchisi (2014/15)

Rossiya U-17 terma jamoasi 2006-yil yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi Yoshlar oʻrtasidagi Meridian kubogi musobaqasi gʻolibi

Manbalar

Havolalar CSKA Moscow profile

Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC Kuban Krasnodar futbolchilar Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:FC Ural Yekaterinburg futbolchilari Turkum:PFC Spartak Nalchik futbolchilari Turkum:FC Anji Mahachqalʼa futbolchilari Turkum:FC Baltika Kaliningrad futbolchilari Turkum:FC Dinamo Minsk futbolchilari Turkum:FC Chayka Peschanokopskoye futbolchilari Turkum:FC SKA-Khabarovsk futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiyalik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar