Sergey Sergeyevich Arslanov (; 6-noyabr, 1986-yil, Boxtar) — Oʻzbekistonlik sobiq futbolchi va murabbiy.

Futboldagi faoliyati

Futbolchilik faoliyati Sergey futbolchilik faoliyatini Muborakning „Mashʼal“ klubida boshlagan. Shuningdek, „Shoʻrtan“, „Buxoro“, „Andijon“ jamoalarida ham faoliyat olib borgan. Sergey futbolchilik faoliyati juda erta 2010-yilgi mavsumda yakunlagan.

Murabbiylik faoliyati Sergey murabbiylik faoliyatini juda erta 2011-yilda boshlagan. Dastlab OʻFA qoshidagi bolalar murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston U-16 terma jamoasida katta murabbiy va bosh murabbiy sifatida faoliyat olib borgan. 2020-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasida texnik direktor sifatida faoliyat olib borgan. 2022-yil may oyida Qirgʻizistonning yetakchi jamoasi „FC Dordoy Bishkek“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va Bishkek jamoasining bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. 2023-yilda ilk Oʻzbekiston Superligasi jamoasidan bosh murabbiylik taklifini oldi. 2023-yil 4-mart Termizning „Surxon“ jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi.

2024-yil 1-mayda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasida tahlilchi murabbiy sifatida ish boshlagan.

Yutuqlar

Qirgʻiziston Superkubogi sohibi: 2022

Shaxsiy hayot Sergey Sergeyeyevich Arslanov sobiq futbolchi va murabbiy, Navbahor va Qizilqum jamoasidagi oʻyinlari bilan nom qozongan Sergey Arslanovning oʻgʻlidir.

Manbalar

Havolalar

Sergey Arslanov (murabbiy, 1986) Transfermarkt Sergey Arslanov (murabbiy, 1986) Sortitoutsi

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkaklar futboli yarim himoyachilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Uz DongJu klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Tojikistonlik futbol murabbiylar Turkum:FC Dordoy Bishkek murabbiylari Turkum:Surxon murabbiylari Turkum:Neftchi klubiga aloqador shaxslar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi murabbiylari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir futbol murabbiylari