Goharshod masjididagi isyon () 1935-yil avgust oyida, Eronning Mashhad shahridagi Imom Rizo ziyoratgohida Pahlaviylar sulolasidan boʻlgan Rizoshohning gʻarbiylashtirish va dunyoviylik siyosatiga qarshi norozilik avj olgan davrda yuz bergan.
Bu holat tarixda „qonli voqea“ sifatida tasvirlangan.
Sabablari Shohning shia jamiyatiga qarshi gʻarbiylashtirish boʻyicha zoʻravonlik harakati 1935-yilning yozida Rizo Shoh anʼanaviy islom kiyimlarini taʼqiqlab, barcha erkaklarga yevropacha shlyapa kiyishni buyurgan vaqtida adovat avj olganMilani, Farzaneh (1992). Veils and Words: The Emerging Voices of Iranian Women Writers, Syracuse, New York: Syracuse University Press, pp. 19, 34–37, Majd, Mohammad Gholi (2001). Great Britain and Reza Shah: The Plunder of Iran, 1921–1941, Gainesville: University Press of Florida, pp. 209–213, 217–218, Katouzian, Homa (2003). "2. Riza Shah's Political Legitimacy and Social Base, 1921–1941" in Cronin, Stephanie: The Making of Modern Iran: State and Society under Riza Shah, 1921–1941, pp. 15–37, London; New York: Routledge; Taylor & Francis, Katouzian, Homa (2004). "1. State and Society under Reza Shah" in Atabaki, Touraj; Zürcher, Erik-Jan: Men of Order: Authoritarian Modernisation in Turkey and Iran, 1918–1942, pp. 13–43, London; New York: I.B. Tauris, Katouzian, Homa (2006). State and Society in Iran: The Eclipse of the Qajars and the Emergence of the Pahlavis, 2nd ed, Library of modern Middle East studies, Vol. 28, London; New York: I.B. Tauris, pp. 33–34, 335–336, Beeman, William Orman (2008). The Great Satan vs. the Mad Mullahs: How the United States and Iran Demonize Each Other, 2nd ed, Chicago: University of Chicago Press, pp. 108, 152, .
Hodisa Bu voqea 1935-yilda Rizoshohning xalqni islomdan chiqarish harakatlariga javoban yuz bergan. Ruhoniylar Shohning „bid’atchi“ yangiliklarini, gʻarblashtirishni, korrupsiyani qoralagan, koʻplab savdogarlar va mahalliy aholi mazkur ziyoratgohdan panoh topgan, „Shoh – yangi Yaziddir“ kabi shiorlarni aytib, uni Umaviylar xalifalarga oʻxshatishgan.
Toʻrt kun davomida mahalliy politsiya va armiya ziyoratgohni buzishdan bosh tortgan. Eronning Ozarbayjon viloyatidan qoʻshinlar yetib kelib, ziyoratgohga bostirib kirgachErvand, History of Modern Iran, (2008), p.94, oʻnlab odamlarni oʻldirilgan, yuzlab odamlarni yaralangan va shia ruhoniylari bilan Shoh oʻrtasidagi soʻnggi ayrilish amalga oshirilishi bilan toʻqnashuv nihoyasiga yetganBakhash, Shaul, Reign of the Ayatollahs : Iran and the Islamic Revolution by Shaul, Bakhash, Basic Books, c1984, p.22.
Zararlari Boqir al-Ulum ilmiy-tadqiqot institutining raqamlarni ataylab boʻrttirib koʻrsatganlik ehtimoli yuqori boʻlgan hisobotiga koʻra, Rizoshoh qoʻshinlari tomonidan oʻldirilganlar soni 2000-5000 nafar orasida boʻlgan. Britaniya hisobotiga koʻra, bu raqamlarni ataylab kam qilib koʻrsatilgan boʻlishi mumkin, hodisa natijasida 2 ta armiya zobiti va 18 nafar askar halok boʻlgan, 2 ta askar itoatsizligi uchun oʻsha joyning oʻzida qatl etilgan, 1 nafar askar oʻz joniga qasd qilgan, qishloq aholisidan 800-1200 nafar inson oʻldirilgan, 100-500 nafar inson yarador qilingan va 800 nafari hibsga olingan.
Yana qarang Makka terakti 1979-yil 20-noyabr Kashf-e hijob Abadan inqirozi Oq inqilob Eron inqilobi Yaqin Sharqdagi zamonaviy mojarolar roʻyxati
Manbalar
Turkum:1935-yilgi Erondagi qotilliklar Turkum:Erondgi qirgʻinlar Turkum:1935-yilgi qirgʻinlar Turkum:1935-yilda Eron