Yusufboy Rahmonov – 1941-yil 16-yanvarda Xorazm viloyati Hazorasp tumanida tugʻilgan. Xorazm viloyati prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari boʻlib 30 yildan ziyod ishlagan. 1998-yil 8-dekabrda vafot etganXorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
Oʻqish davri Xiva qishloq xoʻjalik texnikumida hisobchi-hosilot boʻlimini tugatganidan soʻng, Hazorasp tumanidagi „Oʻzbekiston“ jamoa xoʻjaligida ishlaydi. 1962—1964-yillarda Moskvada harbiy xizmat safarini oʻtab keladi. Harbiy xizmatdan keyin Toshkent davlat universitetining huquqshunoslik fakultetida tahsil oladiXorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
Ish faoliyati Oʻqishni tugatgach Yusuf Rahmanov Urganch shahar va viloyat prokuraturasida tergovchi, boʻlim boshligʻi, Hazorasp tuman prokurori, viloyat prokurorining oʻrinbosari, viloyat prokurori, Oʻzbekiston respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Unvoni Yusufboy Rahmonov „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yurist“ unvoniga sazovor boʻlganXorazm va Xorazmliklar. Oltinchi kitob Umid Bekmuhammad. Buxoro. 2023.
Manbalar