Xosiyat Bobomurodova (2-may 1950-yil, Xatirchi tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) – shoir, pedagog-muallima, Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi aʼzosi (1979-yil). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Oʻzbekiston xalq shoiri (2026-yil). Xalq taʼlim aʼlochisi. Shuhrat medali sohibasi.

Tarjimayi holi Xosiyat Bobomurodova 1950-yil Samarqand viloyatining Xatirchi tumanidagi „Ibn Sino“ jamoa xoʻjaligida tavallud topgan. Uning otasi mulla Bobomurod maʼrifatli kishi boʻlgan. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil olgan.

Faoliyati 1967-yildan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, 1975-yilda maktabda direktor boʻlib ishgan. 1983—1989-yillarda Navoiy viloyati va 1990—2003-yillarda Samarqand viloyati Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib lavozimida faoliyat yuritgan. 2003—2005-yillarda Zarafshon nashriyoti direktori boʻlib xizmat qilgan.

Mukofotlari Shuhrat medali Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Xalq taʼlim alochisi. Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri (3-mart 2026-yil).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik shoiralar