Nikolay Pak (1927-yil 7-fevral, Sintuxinka qishlogʻi, Xankay tumani, Vladivostok okrugi, Uzoq Sharq oʻlkasi — 1983-yil 23-noyabr ) — Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyati Gurlen tumanidagi „Kommunizm“ kolxozining brigadiri. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1966).
Biografiyasi Nikolay Pak 1927-yil 7-fevralda Vladivostok tumani Sintuxinka qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Millati koreys. 1937-yilda ota-onasi bilan birga Oʻzbekiston SSR Xorazm viloyatidagi maxsus aholi punktiga surgun qilinadi. 1944-yildan oddiy kolxozchi, brigada rahbari, Gurlan tumanidagi „Kommunizm“ kolxozining sholichilik brigadasi brigadari boʻlib ishlagan.
1965-yilda Nikolay Pak jamoasi sholidan katta hosil oaldi. SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1966-yil 23-iyundagi farmoni bilan Lenin ordeni va "Oʻroq va „Bolgʻa“ oltin medali, Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan.
VDNX Butunittifoq koʻrgazmasida bir necha bor qatnashgan (1964, 1965, 1966, 1971).
1972-yilda Nikolay Pak KPSS aʼzoligiga qabul qilindi. 1973-yilda Gurlan tumanidagi Siolkovskiy nomidagi qishloq yoshlari uchun kechki oʻrta maktabning sakkizinchi sinfini tamomlagan.
1983-yil 23-noyabr kunida vafot etgan. Gurlan tumanidagi sobiq „Kommunizm“ kolxozi qabristoniga dafn etilgan.
Mukofotlari Sotsialistik Mehnat Qahramoni, Lenin ordeni, Xalqlar doʻstligi ordeni (1980), „1941-1945 yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ medali, VDNXning bitta oltin (1965), bitta kumush (1971) va ikkita bronza (1964, 1966) medallari bilan mukofotlangan Manbalar
Adabiyotlar Шин Д. В., Советские корейцы Герои Социалистического труда, Алматы: Service Press, 2019 З. В., Пан Н. Г. Герои Социалистического Труда — казахстанцы, Алма-Ата, 1969—1985, тт. 1-5 Мен Д. В., Квон Л. А., Ким, Советские корейцы Казахстана, Алматы, 1992 Ким П. Г., Корейцы Республики Узбекистан, Ташкент: Узбекистон. 1993 Кан Г. В., История корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Г. Н., Мен Д. В., История и культура корейцев Казахстана, Алматы: Гылым, 1995 Ким Б. И., Корейцы Узбекистана. Кто есть кто, Ташкент, 1999
Havolalar
Герман Ким, Энциклопедия корё сарам. Герой Социалистического Труда Пак Николай Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:1983-yilda vafot etganlar Turkum:23-noyabrda vafot etganlar Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:7-fevralda tugʻilganlar