Suhrob Rustamjon oʻgʻli Sultonov (, 26-mart, 1990-yil, Toshkent) Oʻzbekistonlik futbolchi, Bekobodning „Metallurg“ klubi darvozaboni.

Futbolchilik faoliyati Suhrob futbolchilik faoliyatini OKMK yoshlar jamoasi tarkibida boshlagan. 2010-yil Toshkening „NBU-Osiyo“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Oʻzbekiston Birinchi ligasi oʻyinlarida professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. 2011-yilgi mavsum oldidan Samarqandning „Dinamo“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan va „NBU Osiyo“ jamoasiga ijaraga berilgan. 2013-yilgi mavsumda Bekobodning „Metallurg“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Suhrob Bekobodliklar tarkibida 4 mavsum davomida toʻp surdi. 2017-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Oliy ligasi ikki davrasi oldidan Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Dastlabki mavsumidayoq qaldirgʻochlar tarkibida Oʻzbekiston Kubogi finaliga qadar yetib bordi. Final baxsida Bunyodlkor klubi „Lokomotiv“ jamoasiga 1-0 hisobida magʻlub boʻldi. 2019-yilgi mavsumda Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Olmaliqlar tarkibida 3 mavsum davomida toʻp surdi va AGMK jamoasining Oʻzbekiston Kubogi, Oʻzbekiston Liga kubogi finaligacha yetib borishida oʻz oʻyinlari bilan hissa qoʻshgan. 2022-yilgi masvum oldidan Toshkentning „Bunyodkor“ jamoasiga qaytdi va ikki yillik shartnoma imzolagan. 2024-yil yanvar oyida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

Yutuqlar Oʻzbekiston Kubogi ikkinchi oʻrin: 2017, 2019, 2020

Oʻzbekiston Liga kubogi ikkinchi oʻrin: 2019

Oʻzbekiston Superkubogi ikkinchi oʻrin: 2019

Manbalar

Havolalar

Suhrob Sultonov OʻzPFL saytida futbolchi profili Suhrob Sultonov Soccerway saytida futbolchi profili Suhrob Sultonov Transfermarkt saytida futbolchi profili Suhrob Sultonov Footballfacts saytida futbolchi profili

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:NBU-Osiyo klubi futbolchilari Turkum:Dinamo Samarqand futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar