Natalya Stanislavovna Duxnova ()(1966-yil 16-iyul, Moʻynoq) – 800, 1000 va 1500 metrga yugurish boʻyicha sovet, rus va belaruslik yengil atletikachi. 1994-yil 800 m masofaga yugurish boʻyicha Yevropa chempioni. Ikkita Olimpiada ishtirokchisi (1996, 2000). Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1994), Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiy (2016).

Yugurish boʻyicha Belarus rekordchisi. Uning rekordi: 1000 metr ochiq maydonda – 2:37,33 (1995), 800 metr yopiq maydonda – 1:59,31 (1997), 1000 metr yopiq maydonda – 2:35,89 (1996).

Biografiyasi Natalya Stanislavovna Duxnova 1966-yil 16-iyulda Moʻynoq shahrida tugʻilgan. U 6 yoshligiida ota-onasi bilan Yaroslavl viloyati Uglichga koʻchib oʻtishgan. Yoshligida Natalya changʻi sporti bilan shugʻullangan, keyin 18 yoshida yengil atletika bilan shugʻullanishni boshlagan. Natalya Yaroslavl viloyati yengil atletika sport maktabida Lev Aleksandrovich Luzin bilan birga mashq qilgan. 1990-yilda u taniqli murabbiy Vladimir Nikolayevich Pologov qoʻl ostida SSSR terma jamoasiga qoʻshilgan. 1992-yilda u murabbiyi bilan birgalikda Rossiyadan Belarusga koʻchib oʻtishga qaror qilgan. Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan (1999).

800 metrga yugurishda besh karra Belarus chempioni (1992, 1993, 1996, 1999, 2003) va 1500 metrga yugurish boʻyicha ikki karra Belarus chempionligini qoʻlga kiritgan (1996, 1999).

2005-yilda sportchilik faoliyatini yakunlagan, qizi dunyoga kelganidan soʻng, Natalya murabbiylik faoliyatini boshlagan. Uning eng taniqli shogirdi 2015-yilgi jahon chempioni va 2014-yilgi Yevropa chempioni Marina Arzamasova hisoblanadi. 2016-yilda Duxnova „Belarus Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Yengil atletika boʻyicha Respublika olimpiya tayyorlash markazida faoliyat yuritadi.

Asosiy natijalari YilMusobaqaOʻtkazilgan joyMasofaOʻrinNatija1990SSSR chempionatiKiyev800 m -2:01,261992Rossiya chempionatiVolgograd800 m2:05,121993Jahon chempionatiStuttgart, Germaniya800 m3 (h2)2:01,781994Yevropa chempionatiParij, Fransiya800 m2:00,42Yevropa ChempionatiHelsinki, Finlandiya800 m1:58,55Jahon KubogiLondon, Buyuk Britaniya800 m2:02,811995Yevropa KubogiFransiya800 m2:00,07Jahon ChempionatiGyoteborg, Shvetsiya800 m5 (sf2)1:59,45Butunjahon harbiy oʻyinlariRim, Italiya800 m2:03,901996Belorus chempionatiUrche400 m54,27800 m2:04,69Yevropa KubogiMadrid, Ispaniya800 m1:59,70Belorussiya chempionatiGomel800 m1:57,241500 m4:08,76Olimpiya oʻyinlariAtlanta, AQSH800 m72:00,321500 m6 (sf1)4:11,431997Jahon chempionatiParij, Fransiya800 m1:59.31Jahon chempionatiAfina, Gretsiya800 m5 (sf2)2:00,91Gran-PriFukuoka, Yaponiya800 m82:09,171998Yevropa ChempionatiBudapesht, Vengriya800 m72:02,141999Jahon chempionatiMaebasi, Yaponiya800 m3 (sf2)2:03,05Belorussiya chempionatiStayk800 m2:02,021500 m4:12,96Butunjahon harbiy oʻyinlariZagreb ,Xorvatiya800 m2:00,84Jahon chempionatiSevilya, Ispaniya800 m81:58,692000Olimpiya oʻyinlariSidney, Avstraliya800 m4 (h1)2:03,202001Belorussiya chempionatiMinsk800 m2:05,49Yevropa KubogiBremen, Germaniya800 m1:59,95Jahon chempionatiEdmonton, Kanada800 m6 (h2)2:05,472003Belorussiya ChempionatiMinsk800 m2:04,231500 m4:22,62

Manbalar

Turkum:Qoraqalpogʻistonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:16-iyulda tugʻilganlar