Sheroz qalʼa – Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida joylashgan qal’a. Amir Temur tomonidan barpo etilgan.
Qal’ada soʻnggi yillarda arxeolog olimlar tomonidan qazishma ishlari olib borilyapti. Bu tarixiy hududdan „Buyuk ipak yoʻli“ ham oʻtgan. Xoʻja Hofiz Merosiy XV asrning ikkinchi yarmi, XVI asrning birinchi yarmida yashab, ijtimoiy-diniy va madaniy, badiiy sohalarda ham faoliyat koʻrsatgan mashhur shoir, xattot, diniy davlat arbobi boʻlib, „Qur’oni karim“ni 7 xil qiroatda oʻqiy olgan dunyodagi 7 allomalardan biri sanalgan.
Ibn Arabshohning „Amir Temur tarixi“ kitobida ushbu qal’a barpo etilishi bilan bogʻliq quyidagi fikrlarni keltiriladi:
Sheroz qalʼa 1397-yil mart oyidan 1398-yil aprelgacha boʻlgan davrda bunyod etilgan. Uzoq davrdan buyon inshoot „Xoʻja Hofiz Merosiy“ deb atalib kelinayotgan ushbu qadamjo – Sheroz qal’asining tarixi keyingi vaqtlarda keng va atroflicha tahlil qilinmoqda.
Mirzo Ulugʻbekning „Toʻrt ulus tarixi“ asarida Sheroz qal’asi – Samarqandning sharq tarafida, undan 4 farsah (32 km.) uzoqlikda joylashgan Buzmojan qishlogʻi oʻrnida Amir Temur tomonidan bino qilinganligi aytiladi.
Manbalar
Turkum:Samarqand tarixi Turkum:Bulungʻur tumani