Nazo Tokhī asli Nazo Ana nomi bilan tanilgan afgʻon shoiri va yozuvchisi, pushtu tilida ijod qilgan ijodkor. XVIII asr boshlarida Qandahor viloyatidagi nufuzli oilada katta boʻlgan. U afgʻon tarixida mard jangchi ayol hamda „Afgʻon xalqining onasi“ sifatida esda qoladi.
Bolaligi Nazo Tokhi taxminan 1651-yilda Afgʻonistonning Qandahor viloyatidagi Thazi yaqinidagi Spozhmayiz Gul qishlogʻida kuchli va badavlat pushtun oilasida tugʻilgan. Uning otasi Sultan Malakhai Tokhi pushtun qabilasining taniqli boshligʻi va Ghazni viloyatining gubernatori boʻlgan. U Karamxonning oʻgʻli Salimxon Hotak bilan turmush qurganHōtak, Muḥammad; ʻAbd al-Ḥayy Ḥabībī; Khushal Habibi (1997). Pat̲a k̲h̲azana. United States: University Press of America. p. 30. ISBN 9780761802655. Retrieved 2010-09-27.. Hotak sulolasining mashhur afgʻon hukmdori Mirvays Hotak uning oʻgʻli, Mahmud Hotak va Husayn Hotak esa uning nabiralari edi.
Nazoning otasi uning taʼlim va tarbiyasiga katta eʼtibor berib, Qandahordagi ilmli kishilarni unga har tomonlama taʼlim berishga undagan. U asosan, „Afgʻon xalqining onasi“ sifatida eʼtirof etilib, sheʼriyati va Pashtunvali kodeksini kuchli qoʻllab-quvvatlanishida bosh-qosh boʻlgani tufayli oʻz xalqida hurmat qozondi„Tribal Law of Pashtunwali and Womenʼs Legislative Authority“ (PDF). Harvard University. 2003. Retrieved 2010-09-30.. Nazo Ghilji va Sadozay qabilalari oʻrtasidagi nizolarni chet ellik Fors Safaviy hukmdorlariga qarshi ittifoq tuzishga undashga chaqirdi. Uning afgʻon madaniyatiga qoʻshgan adabiy xizmatlari bugungi kunda ham yuksak qadrlanadi.
Oʻlimi
Nazo Ana 1717-yilda, taxminan 66 yoshida, oʻgʻli Mirvays vafotidan ikki yil oʻtib vafot etgan. Oʻlimidan soʻng uning faoliyatini Afgʻoniston amiri Ahmadshoh Durroniyning onasi Zargʻuna Ana oʻz zimmasiga oldi.
Eʼtirof etilishi Nazo Tokhi afgʻonlar orasida qahramon ayol sifatida eʼzozlanadi. Uning xotirasini abadiylashtirish maqsadida turli afgʻon maktablari va boshqa taʼlim muassasalariga shoiraning nomi berilgan.
Yana qarang
Tokhi Mayvandlik Malalai Xotak sulolasi Pushtu adabiyoti va sheʼriyati
Manbalar
Havolalar
Afgʻonistondagi Nazo Ana boshlangʻich maktabi Afgʻonistonning Qandahor shahridagi qizlar uchun Nazo Ana oʻrta maktabi Afgʻonistonning Kobul shahridagi Nazo Ana klinikasi Nazo tokhi munosabatlar veb-sayti Turkum:1717-yilda vafot etganlar Turkum:1651-yilda tugʻilganlar Turkum:Shoiralar Turkum:Afgʻon ayol yozuvchilari