Fransisko Kassiani Gomes (1968-yil 22-aprelda Antiokiya departamentining Arbolites shahrida tugʻilgan) — kolumbiyalik professional futbolchi, 1980–2000-yillarda himoyachi sifatida turli klublarda to‘p surgan.

Futbolchilik faoliyati Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, Fransisko Kassiani AQSHdagi futbol akademiyasida yashash va ishlash uchun ketadi.

1992-yilda u “Atletiko Junior” klubiga ko‘chib o‘tadi, ushbu klub bilan futbolchi o‘zining professional faoliyati davomidagi eng yaxshi yillarini o‘tkazadi. “Atletiko Junior” klubi bilan birga Fransisko Kassiani ikki marta Kolumbiya chempioni bo‘ladi va bu jamoada bo‘lganida vaqti-vaqti bilan terma jamoaga chaqirib turiladi. Futbolchi uch marta, 1993, 1998 va 1999-yillarda Kassiani boshqa jamoalarda - América Cali, Argentina Rosario Central va Deportes Quindio klublari tarkibida ijara shartnomasi asosida harakatlanadi.

1990-yillarda Fransisko Kassiani jurnalistlarning unga qilgan qo‘pol muomilasi tufayli ular bilan bir necha bor mushtlashadi. Bundan tashqari, Andres Eskobar o‘ldirilganidan so‘ng, ko‘plab Junior futbolchilari, shu jumladan Kassiani ham to‘pponcha bilan mashg‘ulotlarga qatnay boshlashadi.

Fransisko Kassiani 1995-yildan 1997-yilgacha Kolumbiya futbol terma jamoasi safida o‘ynagan va Kafeteros klubi uchun umumiy beshta o‘yin o‘tkazadi. U 1995-yilgi Amerika Kubogida ishtirok etadi, ushbu musobaqada kolumbiyaliklar uchinchi o‘rinni egallagan, ammo turnir davomida Kassianining o‘zi hech bir daqiqa ham maydonda harakatlanmaydi.

Shaxsiy hayoti Fransisko Kassiani - 1988-1992-yillarda “Atletiko Nasional” tarkibida to‘p suradi. Shuningdek uning akasi Geovanis Kassiani (1970-yilda tug‘ilgan) ham Kolumbiyaning yoshlar, olimpiya va asosiy terma jamoalari tarkibida ham o‘ynagan.

Fransisko Kassiani bolaligida basketbol bilan uzoq vaqt shug‘ullangan, ammo keyinchalik baribir futbolni basketboldan afzalroq deya tanlov qiladi. 1980-yillarning o‘rtalarida u “Atletiko Nasional” yoshlar jamoasiga kelib qo‘shiladi. Internetda tarqalgan ba‘zi yolg‘on ma‘lumotlardan farqli o‘laroq, aslida u ushbu jamoaning kattalar tarkibida o‘ynamagan. Fransisko “Cucuta Deportivo”da dastlabki professional debyutini o‘tkazadi. 1990-yilda u Envigado klubi safiga borib qo‘shiladi va ushbu bilan keyingi mavsumda Kolumbiya chempionatining ikkinchi divizionida g‘olib chiqadi.

Yutuqlari

Klubdagi sovrinlari

Kolumbiya chempioni (2): 1993, 1995 G‘oliblar kubogi B (1): 1991 Chili Chempioni (1): 2001 Konmebol kubogi finalchisi (1): 1998

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Kolumbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Copa América 1995 oʻyinchilari