Pip – Python dasturlash tilida yozilgan dasturiy paket menejeri boʻlib, dasturiy paketlarni oʻrnatish va boshqarish uchun foydalaniladi. Python Software Foundation hamjamiyati Python ilovalarini ishlab chiqishda pipdan foydalanishni tavsiya qiladi. Pip menejeri Python Package Index onlayn repozitoriyasiga ulanadi. Pip boshqa dasturiy taʼminot repozitoriyalariga faqatgina Python Enhancement Propasal 503 (PEP) standartlari orqali ulanishi mumkin.
Tarixi Dastlab Pip menejeri pyinstall nomi bilan 2008 yilda Ian Bicking (virtualenv dasturchisi) tomonidan EasyInstall paket menejeriga muqobil dastur sifatida ishlab chiqildi. Ushbu dastur nomi „Pip Installs Packages“ nomining qisqartma shakli sifatida olingan. 2011-yilda Python Packaging Authority(PyPA) tashkiloti Carl Meyer, Brian Rosner va Jannis Leidel boshchiligida pip va virtualenv paket menejerlariga texnik xizmat koʻrsatishni boshladi.
pip 6.0 versiyadan boshlab, paket menejeri versiyalari „X.Y“ formatda nomlanadigan boʻldi.
Buyruqlar qatori interfeysi thumb|300x300px|pip install virtualenv buyrugʻining natijasi Pipning dasturiy interfeysi pip install some-package-name buyrugʻini ishga tushirish orqali Python dasturiy paketlarini oʻrnatadi.
Foydalanuvchilar quyidagi buyruqni berish orqali dasturiy paketni olib tashlashlari ham mumkin:
pip uninstall some-package-name
Python tilining muayyan versiyasi uchun paketlarni oʻrnatish quyidagi pip buyrugʻini berish orqali amalga oshiriladi, bunda ${version} nomi 2, 3, 3.4 va shu kabi raqamlar bilan almashtiriladi:
pip${version} install some-package-name .
setup.py oʻrnatish fayli Pip loyihalardan lokal tarmoqda foydalanish uchun fayli bilan oʻrnatish imkonini beradi. Bunda python loyihasi quyidagi fayl tuzilishiga ega boʻlishini talab qiladi:
example_project/
├── exampleproject/ Python manba kodi paketi
| ├── __init__.py Jildni dasturiy paket ichiga koʻchiradi
| └── example.py Namunaviy modul
└── README.md Loyiha haqidagi maʼlumotlar.
Ushbu strukturada foydalanuvchi faylini loyihaning boshiga qoʻsha oladi va u quyidagi tarkibga ega boʻladi:from setuptools import setup, find_packages
setup( name='example', # Paket nomi. Qachonki loyiha paket sifatida import qilinganda foydalaniladi. version='0.1.0', #Versiya raqami packages=find_packages(include=['exampleproject', 'exampleproject.*']) # Pip kerakli komponentlarni avtomatik o'rnatadi. )Shundan soʻng, pip menejeri ushbu loyihani bosh papkadan quyidagi buyruqni ishga tushirish orqali oʻrnatadi: pip install -e.
Boshqa repozitoriyalar Pip menejeri standart PyPI repozitoriyasidan tashqari boshqa repozitoriylarni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Bunday repozitoriya HTTP(s) URL manzilida yoki kompyuter fayl tizimida joylashgan boʻlishi kerak. Uchinchi tomon repozitoriyalari -i yoki --index-url option buyruqlarini berish yordamida aniqlanadi. Misol uchun:
pip install -i https://your-custom-repo/simple <package name>
yoki fayl tizimi orqali:
pip install -i /path/to/your/custom-repo/simple <package name>.
Yana qarang
Pipenv Python Poetry Python Packaging Authority
Manbalar
Turkum:Python (dasturlash tili) Turkum:Dasturiy taʼminot