South Park (Janubiy Park; talaffuzi: /saʊθ pɑːrk/) Trey Parker va Matt Stone tomonidan yaratilgan Amerika multserialidir. Comedy Central kanalida 1997-yildan beri efirga uzatiladi. Serial mashhur shaxslar va voqealarni mutoyiba va satira yordamida parodiya qiladi.
Multserial asosida 1999-yilda South Park: Bigger, Longer & Uncut nomli toʻliq metrajli animatsion film ham ishlangan.
Mazmuni Serialdagi voqealar Colorado shtatining South Park shaharchasida boʻlib oʻtadi. Bosh qahramonlar oʻlaroq toʻrt nafar maktab bolasi — Stan, Kyle, Eric va Kennylar qatnashadi. Multfilm ijtimoiy, diniy, siyosiy muammolarni hajv bilan yoritadi, illatlarni fosh qiladi (masalan, NAMBLA haqidagi qismda bachabozlik qattiq tanqid ostiga olingan). Serialda tez-tez soʻkinish eshitilishi va jinsiy aloqaga oid mavzular eslatilishi tufayli 18 yoshdan kichik boʻlganlarga tavsiya etilmaydi.
Ishlab chiqarish Multfilm ikki oʻlchamli sodda animatsiyadan iborat. Avval boshda Parker va Stone rangli qogʻozlarni qirqish bilan serialni ishlab chiqarishgan boʻlishsa, hozir kompyuter grafikasi yordamidan foydalanishadi.
Asosiy qahramonlar Stan Marsh (Trey Parker ovoz bergan) — „oʻrtacha amerikalik bola“. Kylening yaqin doʻsti. Kyle Broflovski (Matt Stone ovoz bergan) — aqlli, mantiqli bola. Yahudiy boʻlgani uchun Cartman bilan munosabatlari yomon. Eric Cartman (Trey Parker ovoz bergan) — xudbin, irqchi, agressiv bola. Toʻladan kelgan, lekin „semiz“ ekanligini tan olmaydi. Kenny McCormick (Matt Stone ovoz bergan) — soʻkingʻich bola. Olovrang anoragi ogʻzini yopib turgani uchun nima deyotgani aniq eshitilmaydi. Qashshoq oila farzandi. Serialning koʻp qismlarida oʻladi (keyingi qismlarda esa uni yana uchratish mumkin). Chef (Isaac Hayes ovoz bergan) — South Park maktabi oshpazi. Ayollarga oʻch. Herbert Garrison (Trey Parker ovoz bergan) — maktab oʻqituvchisi. Jinsiy moyilligi xilma-xil (multserial davomida u ham geteroseksual, ham gomoseksual munosabatlarda boʻlgan) va shu yuzdan ikki marta jins almashtirish amaliyotidan oʻtgan. Janob Mackey (Trey Parker ovoz bergan) — maktabb ruhshunosi. Bolalarga alkogol va giyohvand zarari haqida uqtirgan boʻlsa-da, uning oʻzi araqxoʻr va nashaxoʻr boʻlib ketadi. Biroq koʻp oʻtmay bu odatlarini tashlaydi.
Qismlar
Manbalar
Havolalar South Park Studios
Turkum:AQSh teleseriallari Turkum:Animatsion teleseriallar Turkum:South Park Turkum:Comedy Central dasturlari Turkum:Ingliz tilidagi televizion shoular Turkum:1990-yillar teleseriallari Turkum:1990-yillar animatsion teleseriallari Turkum:2000-yillar teleseriallari Turkum:2000-yillar animatsion teleseriallari Turkum:2010-yillar teleseriallari Turkum:2010-yillar animatsion teleseriallari Turkum:2020-yillar teleseriallari Turkum:2020-yillar animatsion teleseriallari Turkum:LGBT mavzuli teleseriallar