Ronald L. Rivest 1947-yilda tugʻilgan (Schenectady shahar, New York, AQSH) – amerikalik kompyuter mutaxassisi. Rivest amerikalik kompyuter mutaxassisi Leonard M. Adleman va isroillik kriptograf Adi Shamir birga hammuallif hisoblanadi. 2002-yil A. M. Turing mukofoti, „ingenious contribution for making public-key cryptography useful in practice“ ilmiy ishi uchun taqdirlangan. Uch olim oʻzlarining RSA shifrlash deb nomlanuvchi „Kriptografik aloqa tizimi va usuli“ ni patentladilar va patent huquqlarini Massachusets texnologiya instituti (MIT)ga topshirishdiArchived at Ghostarchive and the Wayback Machine: .

Hayoti va ish faoliyati Rivest Yel universitetida matematika boʻyicha bakalavr (1969) va Stenford universitetida kompyuter fanlari boʻyicha doktorlik (1974) darajasini qoʻlga kiritdi. Stenfordni tark etgach, Rivest MITga bordi (1974-yil). Millionlab odamlar elektron pochta va boshqa raqamli tranzaktsiyalarni himoya qilish uchun RSA shifrlashdan foydalangan. 2006-yilda Rivest ovoz berish tizimini eʼlon qilib uni „ThreeBallot“ deb nomladi. Uni jamoat mulkiga joylashtirdi. ThreeBallot – bu qogʻoz tizimi boʻlib, saylovchilarga oʻz ovozlari toʻgʻri yozilganligini tekshirishga imkonini beradi va oxirigacha audit natijalarini yaratadi. Rivest MIT kompyuter fanlari boʻyicha Viterbi professori. MIT kompyuter fanlari va sunʼiy intellekt laboratoriyasi va MIT hisoblash nazariyasi guruhi aʼzosi ham. MIT kriptografiyasi va axborot xavfsizligi guruhining asoschisi. Rivest Tomas X. Kormen va Charlz E. Leyserson bilan birga „Algoritmlarga kirish“ (1990) kitobining hammuallifidir.

Rivest AQSh Milliy muhandislik akademiyasiga, AQSh Milliy fanlar akademiyasiga, hisoblash mashinalari assotsiatsiyasiga hamd Kriptografik tadqiqotlar xalqaro assotsiatsiyasiga va Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan. Tyuring mukofotidan tashqari, Rivest, Adleman va Shamir 2000-yilda Elektr va elektronika muhandislari instituti Koji Kobayashi kompyuterlar va aloqa mukofotiga sazovor boʻlishdiArchived at Ghostarchive and the Wayback Machine: .

Mukofotlari 1991-yil – AAAS stipendiyasi (Amerika fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi) 1996-yil – Milliy kompyuter tizimlari xavfsizligi mukofoti 1997-yil – Kanellakis mukofoti 2000-yil – Kompyuterlar va kommunikatsiyalar boʻyicha Koji Kobayashi mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birga) 2002-yil – Tyuring mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birga) 2005-yil – MITX muvaffaqiyatli mukofoti 2007-yil – Markoni mukofoti 2007-yil – Kompyuterlar, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik konferensiyasi „Hurmatli innovator“ mukofoti 2008-yil – MIT EECS departamentining Burgess va Elizabet Jeymison mukofoti. 2008-yil – Katolik de Louvain universiteti qoshidagi Luven muhandislik maktabining faxriy doktori 2009-yil – NEC C&C mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birga) 2010-yil – MITning Killian fakulteti muvaffaqiyati mukofoti 2011-yil – RSA 2011 Konferensiyaning muvaffaqiyatli mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birga) 2012-yil – Milliy kiberxavfsizlik shon-sharaf zali – kompyuter xavfsizligi sohasidagi ajoyib ishlar uchun berilgan mukofoti 2017-yil – BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Awards mukofoti 2009-yil fevral oyi oxirida Rivest CiteSeer loyihasida eng koʻp keltirilgan mualliflar roʻyxatida 5-oʻrinni egalladi.

Manbalar

Turkum:AQSh milliarderlari Turkum:Amerikalik dasturchilar Turkum:AQSh olimlari Turkum:Yashayotgan insonlar