Xolidjon Komilov (1945-yil, 5-yanvar; Toshkent shahri) — Oʻzbekiston qahramoni, „Mehnat shuhrati“ ordeni sohibi.
Tarjimai holi Xolidjon Komilov 1945-yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 1968-yilda Toshkent davlat meditsina institutini bitirgan. 1988-yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining oftalmologiya kafedrasi mudiri boʻlgan. 2015—2019-yillar oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlgan. 1972-yilda Xolidjon Komilov Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 800 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi: 2 ta monografiya, 8 ta uslubiy qoʻllanma muallifi. Bundan tashqari Komilov 8 ta fan doktori va 39 ta fan nomzodining ustozi hisoblanadi.
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2006-yil) Oʻzbekiston qahramoni (2012-yil)
Manbalar
Adabiyotlar