right|thumb|270x270px| Kaimei Gakko right|thumb|270x270px| Seiyoning Unomachi mahallasining tepadan koʻrinishi right|thumb|270x270px| Seiyodagi Onogahara oʻtlogʻi Yaponiyaning Ehime prefekturasida joylashgan shahar. 2022-yil 31-avgust holatiga koʻra, shaharda hisob-kitoblarga koʻra, 17627 xonadonda 35456 nafar aholi istiqomat qilgan va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 69 kishidan toʻgʻri kelgan. Shaharning umumiy maydoni 514,34 kvadrat kilometr (198,59 mi²). Geografiyasi Seiyo Ehime prefekturasining janubi-sharqida joylashgan. Gʻarbida Seto ichki dengizidagi Uva koʻrfazi va sharqda esa Sikoku togʻlari joylashgan. Shahar hududi sharqdan gʻarbga choʻzilgan va turli topografiya tufayli 2013-yil 24-sentyabrda Yaponiya Geoparklar qoʻmitasi tomonidan Yaponiya geoparki (Sikoku Seiyo Geoparki) sifatida sertifikatlangan. Yaponiyaning uchta asosiy karst landshaftlaridan biri Onogahara yashil oʻtlogʻi va oq ohaktoshlari bilan juda chiroyli koʻrinishda. Komatsuda Sikokudagi eng katta gʻorlardan biri boʻlgan Rakan gʻori joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar Ehime prefekturasi

Odzu Yavatahama Ikata Uvadzima Kumakogen Uchiko Kihoku

Kochi prefekturasi

Yusuhara

Iqlimi Seiyoda nam subtropik iqlim shakllangan yozi issiq va qishi sovuq yengil qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Seiyoda oʻrtacha yillik harorat 15,3 °C. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1663 mm, sentyabr esa eng nam oy hisoblanadi. Eng yuqori harorat yanvarda 26,1 °C ni, eng pasti ham yanvarda kuzatilib, 4,7 °C ni tashkil etadiSeiyo climate data.

Demografiyasi Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻraSeiyo population statistics, Seiyo aholisi 1960-yillardan beri doimiy ravishda kamayib kelmoqda.

Tarixi Seiyo hududi avvval Iyo viloyatining bir qismi boʻlgan. Edo davrida Uvadzima domenining yoki uning ikkinchi darajali maʼmuriy birligi Iyo-Yosida domenining hududiy qismi. Meydzi islohotidan soʻng, hudud Ehime prefekturasidagi Higasiuva va Nisiuva tumanidagi shahar va qishloqlarga ajratilgan. Seiyo shahri 2004-yil 1-aprelda Akehama, Nomura, Sirokava va Uva (barchasi Higasiuva tumanida) va Mikame (Nisiuva okrugida) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumati Seiyo toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Seiyo Ehime prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan hissa qoʻshadi. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining Ehime 4-okrugi tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti Seiyoning sanoat bazasi zaif va iqtisodiyoti kambagʻal. Ilgari Uva (Unomachi) va Nomura mahallarida qishloq tovarlarini tarqatish punktlari boʻlgan, ammo transport aloqasi yomonligi va qishloq aholisining kamayishi tufayli savdo pasayib ketgan. Asosiy xoʻjaligi qishloq xoʻjaligi boʻlib, asosan sitrus mevalar, sholi va kashtan yetishtiriladi. Chorvachilik (choʻchqalar, sogʻin sigirlar, qoramollar) ham yoʻlga qoʻyilgan.

Taʼlimi Seiyoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan 12 ta davlat boshlangʻich maktabi va beshta davlat oʻrta maktabi mavjud. Shaharda Ehime prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan uchta davlat yuqori maktabi mavjud va prefekturada nogironlar uchun ikkita maxsus taʼlim maktabi ham mavjud.

Transporti

Temir yoʻllari 22x22px Sikoku temir yoʻl kompaniyasi – Yosan liniyasi

Iyo-Ivaki – Kamiuva – Unomachi – Simouva

Magistral yoʻllari

link=|alt=|25x25px Matsuyama avtomagistrali

Mahalliy diqqatga sazovor joylari

Kannon buloq suvi Sobiq Uva shahrida tabiiy buloq mavjud boʻlib, uning suvi deb nomlanadi. Bu suv 1985-yil mart oyida Atrof-muhit vazirligi tomonidan Yaponiyaning biri sifatida belgilangan. Yozda buloq yonida sayr uchun ajoyib muhit shakllanadi. Buloq suvidan somen nagasi taomi uchun ham ishlatiladi.

Otoi Sumo Sobiq Nomura shahri, hozir Seiyoning bir qismi boʻlib, har yili bolalar va havaskor kattalar oʻrtasida turniri turniri sifatida tanilgan sumo musobaqasi oʻtkaziladi. Kyusyu baso musobaqasidan keyin oʻtkazilib, odatda bir nechta professional sumo kurashchilarini jalb qiladi.

Qal’ali hudud Bir boy ekssentrik sobiq Nomura shahridagi Nomura toʻgʻoni yaqinidagi togʻ yonbagʻrida qasr qurdirgan. Avval ziyofatlar uchun dam olish maskani boʻlib, tunash uchun qulayliklar bilan jihozlangan. Ammo mashhurlikka erisha olmagan va oxir-oqibat egasi uni Seiyo shahriga sovgʻa qilgan. Hozirda hech kim yashamaydi.

Muzeylari

Ehime tarixi va madaniyati muzeyi Kaymey maktabi

Maʼbad va ibodatxonalari

Meyseki-dzi, Sikoku ziyoratgohidagi 43-maʼbad

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yaponiyaning qirgʻoqboʻyi aholi punktlari Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ehime prefekturasi shaharlari