Ayol qismati — oʻzbek rejissyor Dilmurod Masaidov tomonidan 2022-yilda Suriyadagi IShID jangarilari lagerlarida 9 yil yashab, Oʻzbekistonga qaytgan ayol taqdiri haqida suratga olingan drama. Film Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Davlat xavfsizlik xizmati koʻmagi bilan suratga olingan. Film real voqealarga asoslangan.
Syomka jarayoni va kino premyerasi „Ayol qismati“ filmi „Mehr“ operatsiyasi doirasida Suriya, Iroq va Afgʻonistondagi ekstremistik lagerlardan ayollar va bolalarning Oʻzbekistonga qaytishiga bagʻishlangan turkum filmlardan biridir. Film rejissyori Dilmurod Masaidovning aytishicha, suratga olish ishlari boshlanishidan oldin u Suriyadan Oʻzbekistonga qaytgan oʻn nafar ayol bilan muloqot qilgan. Ularning har biri oʻzining jangarilar lageriga qanday tushib qolgani va u yerda boshidan kechirganlari haqida oʻz hikoyalarini aytib bergan. Filmning bosh qahramoni Sojidaning prototipi andijonlik ayol boʻlib, film gʻoyasi va suratga olish ishlarini shaxsan ma’qullagan. Shu bilan birga, rejissyor aktrisalarga ularning prototiplari bilan uchrashishni taqiqlagan.
Filmning Oʻzbekistonda premyerasi 2022-yil 8-sentyabr kuni „Ipak yo‘li gavhari“ XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtdi. Film bir qancha tillarga, jumladan rus va turk tillariga tarjima qilingan. Rossiyada kinoning premyerasi 2022-yil 25-dekabrda boʻlib oʻtdi.
Syujeti Sojidaning ukasi va turmush oʻrtogʻi Rossiyaga ishlash uchun joʻnab ketishdi va u yerda IShID tomonidan Pokistondagi lager orqali tranzitda Suriyaga joʻnatiladi. Keyinchalik bularning barchasidan xabar topgan mahalladagilar Sojidaning oilasini qoralab, uni ikki farzandi bilan birga mahalladan chiqarib yuborishni talab qiladi. Natijada, Sojidaning qaynonasi jamoatchilik fikriga ergashib, ayol va uning bolalarini haydab chiqaradi. Sojida avval Andijonga ketadi. U yerda oʻzi xohlagandek hayot qura olmaganidan soʻng hafsalasi pir boʻlib, Qozondagi opasining oldiga boradi. Akasi uni topib, oʻzining oldiga kelishga koʻndiradi. Sojida Moskvaga, u yerdan Pokistonga va nihoyat Suriyaga boradi va u yerda oʻgʻli Salohiddinni yoʻqotadi. U oʻn yil davomida jangarilar lagerida tirik qoladi. U yerda juda koʻp qiyinchiliklarga duch kelgan Sojida shu vaqt ichida uch marta turmushga chiqadi, chunki u turmushga chiqqan erlar birin-ketin vafot etadi. Oradan yillar oʻtib, yoʻqolgan oʻgʻli Salohiddin tirik ekani, otryadlardan birida jang qilayotganidan xabar topadi. Biroq Sojidaning quvonchi uzoqqa choʻzilmaydi. Oʻgʻli jangda halok boʻlgani haqida xabar keladi. Ikkinchi oʻgʻli ham otishmada halok boʻladi. Ikala oʻgʻlini ham ketma ket yoʻqotgan Sojida kasal boʻlib qoladi. Uni mahalliy aholidan biri boqadi. askarlari Sojidani ga olib ketishdi. Sojida u yerdan uyiga joʻnatiladi.
Mukofot va yutuqlar Bursada boʻlib oʻtgan Korkut Ata Film Festivali kinofestivalida „Eng yaxshi badiiy film“ nominatsiyasida Gran-pri (2022) Minskda boʻlib oʻtgan Listapad kinofestivalida „Insonparvarlik va umuminsoniy qadriyatlar mavzusining dolzarbligi uchun“ maxsus mukofoti (2020) 2023-yil fevral oyida Mumbayda boʻlib oʻtgan Shanxay hamkorlik tashkiloti kinofestivalida Sojida rolini ijro etgan Raʼno Shodiyeva „Eng yaxshi ayol obraz“ nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻldi.
Yana qarang Baron Baron 2: Sogʻinch Ofitser 55
Manbalar
Turkum:Kino Turkum:2022-yil filmlari