Kobul sunniylar masjidi portlashi 2022-yilning 29-aprel kuni erta tongda sodir etilgan, voqea natijasida kamida 10 kishi halok boʻlgan.
Tafsilotlar Portlash 2022-yilning aprel oyida, musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida sodir boʻlgan hujumlarning soʻnggisi hisoblanadi. Hujumlarning aksariyatini Iroq va Shom Islom Davlati va uning boʻlinmalari tomonidan amalga oshirilgan, shuningdek, ularning hujumdan koʻzlagan asosiy maqsadi shia va tasavvuf fuqarolarini nishonga olish boʻlgan. Portlash natijasida kamida 70 kishi halok boʻlgan. Ushbu hujum AQSh qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishidan keyingi mamlakatdagi eng qonli hujumlardan biriga aylangan. Bundan oldin sodir etilgan eng daxshatli hujum esa Qunduzdagi portlash boʻlgan.
Namozxonlar baʼzi radikal sunniy guruhlar tomonidan bid’at deb hisoblangan zikr namozlari uchun masjidga toʻplanishgan.
Hujum Masjid portlatilishi soat 14:00 atrofida Kobuldagi Xalifa Ogʻa Gul Jan masjidida yuz bergan, u yerda namoz oʻqish uchun yuzlab jamoatchilar yigʻilgan. Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Muhammad Nafi Takor hujum natijasida masjidda oʻn nafar namozxon halok boʻlganini tasdiqlasa, masjid rahbari Sayid Fozil ogʻaning aytishicha, 50 dan ortiq kishi halok boʻlgan. Politsiya rahbari matbuot kotibi Xolid Zadran bergan maʼlumotlarga koʻra 30 ga yaqin odam turli darajada jarohat olgan.
Xalifa Ogʻa Gul Jan va bir qator guvohlar hujumni xudkush terrorchilar amalga oshirganini aytishgan. Hujum uchun javobgarlikni Iroq va Shom Islom Davlati terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga olgan.
Voqeaga nisbatan munosobatlar Tolibon matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid uyushtirilgan ushbu hujumni qoralab, mamlakatda bundan keyin adolat oʻrnatishga vaʼda bergan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti ushbu masjidga uyushtirilgan hujumni qattiq qoralagan, shuningdek, hujumni „dahshatli“ va „toʻxtovsiz xavfsizlik va zoʻravonliklarga duchor boʻlayotgan Afgʻoniston xalqiga yana bir ogʻriqli zarba“ deya taʼriflaydi. BMT Bosh kotibining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili oʻrinbosari Mette Knudsen voqeani „razillik“ deya baholaydi.
Manbalar
Turkum:2022-yil voqealari