Belavia, rasmiy ravishda Belavia Belarus havo yoʻllari (; ), bosh qarorgohi Minskda joylashgan Belarus yetakchi aviatashuvchisi. Davlat kompaniyasi 2007-yil holatiga koʻra 1017 nafar xodimga ega boʻlgan. Belavia Minsk milliy aeroportidagi bazasidan MDH, shuningdek, Yaqin Sharqning baʼzi shaharlari oʻrtasidagi yoʻnalishlar tarmogʻiga xizmat koʻrsatadi.
2021-yil 23-may kuni Ryanair 4978-reysi sodir boʻlgan voqeadan soʻng aviakompaniya Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Ukrainaga kirishi taqiqlandi.
Tarixi Dastlabki yillar thumb| Belavia kompaniyasining Minskdagi bosh ofisi. thumb|Belavia Embraer 195 samolyoti aviakompaniyaning eski liverasida. 1933-yil 7-noyabrda Minskda Belarusning birinchi aerodromi ochildi. Kelgusi yil bahorda 3 ta Po-2 samolyoti Minskka qoʻndi. Bu samolyotlar Belarus havo flotining ilk samolyotlari edi. 1936-yilda Minsk va Moskva oʻrtasida birinchi muntazam aviaqatnov oʻrnatildi. 1940-yilning yozida Belarus fuqaro aviatsiyasi guruhi rasmiy ravishda tashkil etildi.
2000-yillardan boshlab rivojlanish 2003—2009-yillar oraligʻida aviakompaniya yoʻlovchilar soni ikki baravar koʻpaydi va 2009-yilda 700 000 dan ozroq mijozlarga xizmat koʻrsatdi.
Minskdan uchadigan mintaqaviy parvozlar uchta lizingga olingan Bombardier CRJ 100 samolyotlarida amalga oshirilishi maʼlum qilindi. Birinchisi 2007-yil fevral oyida, qolgan ikkitasi oʻsha yilning oxirrogʻida yetkazib berildi. Ular toʻgʻridan-toʻgʻri eskirgan Antonov An-24 va Tupolev Tu-134 samolyotlarini almashtirdiAirliner World, February 2007. Aviakompaniya 2010-yilda ikkita Bombardier CRJ-700 ni ijaraga olmoqchi edihttp://www.belta.by/en/news/econom?id=474506. Belavia 2009-yilning yozida oʻzining oxirgi Tu-134 samolyotini parvozdan oldi va uning oʻrniga oʻsha yili faoliyati toʻxtatilgan Litvaning FlyLAL aviakompaniyasidan Boeing 737-500 samolyoti olindi. Aviakompaniya, shuningdek, 2011-yilda qolgan Tu-154M samolyotlarini parvozdan olishni rejalashtirgan edi. 2014-yil 27-iyunda Belavia uchta Boeing 737-800 samolyotiga toʻgʻridan-toʻgʻri buyurtma berganini eʼlon qildi. Ulardan birinchisi 2016-yil avgust oyida yetkazib berildi.
2016-yil avgust oyida Belavia oʻzining yangi liverasidagi birinchi samolyotini qabul qildi. Bu kompaniya tashkil etilganligining 20 yilligi munosabati bilan 1996-yildan beri amalga oshirilgan birinchi rebrendingidir. Yangi liverada Boeing 737-800 samolyoti taqdim etildi. Eskirgan Tupolev Tu-154 oʻrnini ancha yangi 737 samolyotlar egalladi. 2016-yil 1-oktyabrda Belavia oʻzining qolgan ikkita Tupolev Tu-154 samolyotini muntazam reyslardan oldi, butun dunyo boʻylab ushbu samolyotlardan foydalanayotgan oxirgi aviakompaniyalardan biri edi.
2019-yilda kompaniya 1900 ga yaqin kishini ish bilan taʼminladi va 374 million yevro aylanma ishlab, 49 million yevrolik operatsion natijaga erishdi. Ushbu yil davomida u deyarli 4 million yoʻlovchini tashidi, bu 2018-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 15 foizga koʻpdir.
2020-yilgi Belarus norozilik namoyishlarida qatnashgan aviakompaniyaning bir necha xodimlari oʻz ishlarini tark etishga majbur boʻlishdiBivshaya sotrudnitsa „Belavia“: „V Jodinskom IVS nas nazivali prostitutkami i terroristami“.
Sanksiyalar 2021-yil 24-may kuni Britaniya hukumati Ryanair 4978-reysi bilan bogʻliq hodisaga javoban Belavianing oʻz hududida ishlashiga ruxsat beruvchi litsenziyani toʻxtatdi. Keyinchalik Yevropa Ittifoqi va Ukraina Belarus aviakompaniyalariga oʻz havo hududiga kirishni yoki aeroportlaridan foydalanishni taqiqladi, bu esa Belavianing parvoz manzillarini sezilarli darajada kamaytirdi.
Shuningdek, 2021-yilda Belavia Belarus-YI chegara inqirozi paytida noqonuniy muhojirlar oqimini tashkillashtirishda ayblandi. Oʻsha yilning sentyabrida Belavia oʻzining joriy aviaparkining koʻp qismini yoʻqotishi mumkinligi haqida xabar berildi, chunki uning lizing beruvchilariga yangi embargolar doirasida samolyotlarni Belarus aviakompaniyalariga lizingga berishga ruxsat berilmasligi mumkin ediaerotelegraph.com (German) 2 September 2021. Oʻsha paytda Belavia 18 ta kichikroq, eskiroq samolyotlarga ega, biroq gʻarb kompaniyalaridan bir nechta zamonaviy samolyotlarni lizingga olgan edi, 6 ta samolyot yetkazib bergan AerCap irland shirkati va 7 ta samolyot yetkazib bergan Daniyaning Nordic Aviation Capital shirkati eng muhim lizing kompaniyalari edi. 16-noyabr kuni YI Yevropa lizing beruvchilari tomonidan Belarusga barcha samolyotlar ijarasi toʻxtatilganini tasdiqladi, bu esa aviakompaniyani qisqa muddat ichida joriy parkining yarmini qaytarishga majbur qiladi.
2021-yil 2-dekabrda Belavia Yevropa Ittifoqining sanksiyalar roʻyxatiga kiritildi. Shveysariya 20-dekabr kuni YI sanksiyalariga qoʻshildi. 2022-yil 8-aprelda AQSh Savdo vazirligi Aeroflot, Aviastar, Azur Air, Rossiya va Utair aviakompaniyalar qatorida Belarusga tegishli yoki boshqariladigan Amerika samolyotlariga Belarus yoki Rossiyaga parvoz qilishni chekladi. 2022-yil 16-iyun kuni AQSh sanksiyalar rejimining buzilishi aniqlanganidan keyin Belavia boʻylab cheklovlarni kengaytirdi. Cheklovlarning taʼsiri natijasida aviakompaniya flotining AQShda ishlab chiqarilgan qismi yerga tushirildi.
2023-yil avgust oyida AQSh Belaviani maxsus tayinlangan fuqarolar va bloklangan shaxslar (SDN) roʻyxatiga kiritdi.
Parvoz manzillari
COVID-19 pandemiyasigacha Belavia Minsk milliy aeroportidagi bazasidan Osiyo, Yevropa va Afrikaga parvozlarni amalga oshirgan. Muntazam yoʻnalishlardan tashqari Belavia dam olish joylariga charter va VIP charter parvozlarni yoʻlga qoʻygan edi. Ryanair 4978-reysini majburiy qoʻndirish hodisasi arafasida u bitta ichki yoʻnalish hamda 32 mamlakatdagi 54 xalqaro yoʻnalishga xizmat koʻrsatgan. Keyinchalik Belarus aviakompaniyalarining YI, Buyuk Britaniya va Ukraina havo hududiga kirishiga taqiq qoʻyilganligi sababli, aviakompaniya ushbu yoʻnalishlarning yigirmatasidan tashqari qolgan barchasidan mahrum boʻldi. Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan Moldova (Kishinyov), Rossiya (Kaliningrad) hamda Serbiya (Belgrad) kabi davlatlarga Belavianing parvozi taqiqlanmagan boʻlsa-da, geografik cheklovlar tufayli ushbu yoʻnalishlarga uchish de facto imkonsiz boʻlib qoldi. 2021-yilning 28-mayida aviakompaniya cheklangan havo hududidan oʻtishga majbur boʻladigan reyslarning bekor qilinishini hamda shu paytgacha Ukraina, Moldova, Ruminiya va Bolgariyaning hududiy suvlari ustidan amalga oshirilgan Istanbul yoʻnalishi qayta koʻrib chiqilishini tasdiqladi.
Codeshare shartnomalari Belavia 2022-yil may oyidan boshlab quyidagi aviakompaniyalar bilan kodshering shartnomalariga ega:
airBaltic Air France Austrian Airlines Czech Airlines Etihad Airways Finnair KLM LOT Polish Airlines Motor Sich Airlines S7 aviakompaniyasi Ukraine International Airlines
Aviaparki
Joriy holati thumb| Belavia Boeing 737-300 samolyoti thumb|Belavia Boeing 737-800 samolyoti 2022-yil noyabr holatiga koʻra, Belavia aviaparki quyidagi samolyotlardan iboratplanespotters.net – Belavia retrieved 1 November 2022: +Belavia floti Samolyot Miqdori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar B E Jami Boeing 737-300 2 – – 148 148 lizingga olingan samolyotlar qaytariladich-aviation.com – Lithuania pushes for EU ban on Belavia leases 31 August 2021 Boeing 737-800 5 – – 189 189 lizingga olingan samolyotlar qaytariladi Boeing 737 MAX 8 1 – 12 162 174 lizingga olingan samolyotlar qaytariladi Embraer E175 1 – 12 64 76 Embraer E195 4 – 11 96 107 Jami 13 –
Avvalgi holati thumb|Belavianing foydalanishdan olingan Tupolev Tu-134 samolyoti thumb|Belavianing foydalanishdan olingan Tupolev TU-154M samolyoti +Belavia foydalanishdan olingan samolyotlari Samolyot Eslatmalar Antonov An-10 Antonov An-24 1998-yilda MinskAvia kompaniyasidan sotib olingan Antonov An-26 1998-yilda MinskAvia kompaniyasidan sotib olingan Boeing 737-500 2021-yilda parvozdan olindi Bombardier CRJ-100ER 2018-yilda parvozdan olindi Bombardier CRJ-200ER 2020-yilda parvozdan olindi Embraer 195-E2 Embargolar tufayli lizing beruvchiga qaytarildich-aviation.com – Belarus’s Belavia stores its E195-E2s in Kazakhstan 29 October 2021 Ilyushin Il-86 EW-86062, sobiq SSSR-86062, keyin RA-86062 Atlant-Soyuz Airlines; 1994-yildan 1996-yilgacha Xitoy va Qoʻshma Shtatlarga charter yoʻnalishlarda foydalanilgan. Tupolev Tu-124 Tupolev Tu-134A Tupolev Tu-154B Ulardan biri oʻquv maketi sifatida foydalaniladi Tupolev Tu-154B1 Tupolev Tu-154B2 Biri mashgʻulot maketi sifatida foydalaniladi Yakovlev Yak-40 1998-yilda MinskAvia kompaniyasidan sotib olingan
Baxtsiz hodisalar va falokatlar
2003-yil 6-yanvarda Yakovlev Yak-40 samolyoti Pragaga uchayotganda old oynasi sinib ketdi. Chexiya Harbiy-havo kuchlarining ikki qiruvchisi samolyotni Ruzyně xalqaro aeroportiga xavfsiz qoʻnishi uchun kuzatib qoʻydi. 2008-yil 14-fevralda Belavia 1834-reysi bilan Yerevandan Minskka yoʻl olgan Bombardier CRJ100ER samolyoti Zvartnots xalqaro aeroportidan havoga koʻtarilish vaqtida uchish-qoʻnish yoʻlagiga chap qanotini urib yubordi, natijada uchish-qoʻnish yoʻlagi yaqinida yerga qulab tushdi, agʻdarildi va toʻxtab qoldi. 18 nafar yoʻlovchi va 3 nafar ekipaj aʼzosining barchasi qisman aeroportdagi oʻt oʻchirish va qutqaruv brigadasining oʻz vaqtida koʻrgan chora-tadbirlari tufayli samolyot alangalanishidan oldin undan qochishga muvaffaq boʻldi. Halokatning asosiy sababi chap qanotning toʻxtab qolishiga olib keladigan muzlash edi.
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt
Turkum:Belarus Turkum:Aviakompaniyalar Turkum:Minsk iqtisodiyoti Turkum:Belarus brendlari