Vladislav Andreevich (Vlad) Bumaga (; 1996-yil 5-iyun, Minsk), Vlad A4 yoki A4 — belaruslik va russialik videoblogger, qoʻshiqchi, YouTube kanallarining «A4» va «A5» yaratuvchisi va egasi, instablogger. U YouTube platformasining rus tilidagi eng mashhur videoblogerlardan biri sanaladi.
Biografiya Vladislav Bumaga 1996-yil 5 iyunda Minsk shahrida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi va muhandis Andrey Bumaga oilasida tugʻilgan.Bolaligini Serebryanka mikrorayonida oʻtkazdi.
Toʻqqiz yil davomida u xokkry bilan shugʻullangan. «Динамо» va «Юность» bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida hujumchi sifatida oʻynagan. U bir yil Chexiyada tahsil oldi. Jarohatdan keyin u sportni tark etdi.
U FK «Динамо» muxlisi. 2023 yilning may oyida «Lokomotiv» ga qarshi oʻyinini ramziy zarba bilan ochdi.
Karyera 2014-yil 29-noyabrda Vlad Bumaga oʻzining YouTube kanalini «A4» nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazdi, bu oʻzining haqiqiy familiyasi Bumaga yaʼni qogʻozning turini tasvirlab beradi. Shon-sharaf 2016-yil dekabr oyida«24 часа в батутном центре» videosi yuklaganidan soʻng erishi, oʻshanda obunachilar soni bir oy ichida 200 mingdan 1 million kishigacha oʻsdi.
Vlad musiqachi sifatida oʻz karerasini 63 million marta tomosha qilingan «Тает лёд» qoʻshigʻiga taxlid bilan boshladi. 2018-yil 12 avgustda u «Батя» videosini chiqardi va 2019-yil 31 mayda Katya Adushkina bilan birgalikda «Огонь» qoʻshigʻini ommaga tarqatdi
2019 yildagi YouTube Rewind videosiga koʻra, Vlad Bumaga «Покупаю всё, что ты можешь унести из магазина!» videoroligi sababli eng koʻp yoqtirilgan videoblogerlar orasida 9-oʻrinni egalladi.
2020-yil 7-fevralda u «Вечерний Ургант» dasturining mehmoni boʻldi.
«A4» asosiy kanaliga qoʻshimcha ravishda, Vlad Bumaga 2019-yil oktyabr oyida boshqotirmalar mavzusida «Головной Рис» kanalini va 2019-yil dekabr oyida «A5» eksperimentlar haqida kanalni ochdi.
Analitik kompaniya «AMDG» ma'lumotlariga koʻra, 4,7 million obunachi bilan TikTok ijtimoiy tarmogʻidagi ikkinchi eng mashhur Belarus blogeridir.
2020-yilda Vlad Forbes jurnalining «Yangi media» nominatsiyasida «30 yoshgacha boʻlgan eng istiqbolli rossiyalik 30ta yoshlar» reytingiga kiritildi, ammo gʻolib chiqa olmadi — Nurlan Saburov, Yuliya Posh va Tatyana Stolyar gʻolib deb topildi.
2021-yil oxirida YouTube Rossiyadagi «Eng yaxshi mualliflar» reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
Biznes faoliyati
Lava-lava 2021-yilda Vlad «Бумажная Бумага» kompaniyasini roʻyxatdan oʻtkazgan. Bu kompaniya «Данон Россия», doʻkonlar «Пятёрочка» va «Дикси» bilan hamkorlik qilgan. Ushbu kompaniya Lava-Lava brendi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi .
2022-yilda Vlad Lava-Lava brendi ostida turli xil yegulik va ichimliklar ishlab chiqaradigan yangi biznesni yoʻlga qoʻydi.
A4 pizza 2023-yil avgust oyida Anton Pinskiy restorani bilan birgalikda Vlad Rossiyada oʻzining yetkazib berish va pitseriya tarmogʻini ochdi - «A4 pizza».
Tanqid 2021-yilda amerikalik bloggerlar MrBeast va JustDustin Vlad Bumaga plagiatda aybladilar — haqiqiy video mualliflarini ruxsatisiz videolar uchun sarlavha va gʻoyalarni nusxalash.
Shahsiy hayot U belaruslik videobloger va qoʻshiqchi Yuliya Godunova bilan munosabatda. 8 maya 2024 goda u nikh rodilas' doch' Olivia.
Diskografiya
Mini albomlar
«Детские песни» (2020)
Qoʻshiqlar
«Батя» (2018) «Огонь» ( Katya Adushkina ishtirokida) (2019) «Каспер Бой» (2019) «Офишлбывший» (2019) «Песня про осень» (2019) «Новогодняя песня» (The Limba, Jony, Yegor Krid ishtirokida) (2022) «Лама мама» (2024)
Sbornik
«К мечте» (2021)
Mukofotlar va nominatsiyalar Yil Nashriyotchi Nomzodlik Turkum Natija Eslatma 2020 Forbes «30 yoshgacha boʻlgan 30 ta eng istiqbolli ruslar» Nominatsiya
Reytinglar Yil Nashriyotchi Reyting Ish/muallif Lavozim Eslatma 2019 YouTube Eng koʻp yoqqan videolar (dunyo boʻylab) «Покупаю всё, что ты можешь унести из магазина!» 9 2021-yil Top 10: Eng yaxshi mualliflar (Rossiya) Vlad Bumaga 1
Manbalar
Turkum:Minskda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:5-iyunda tugʻilganlar Turkum:Blogerlar Turkum:YouTube kanallar