Cham Wings Airlines (, avvalgi Sham (Shom) Wing Airlines) Suriyaning xususiy aviakompaniyasi boʻlib, bosh ofisi Damashq shahrida joylashgan. Kompaniyaning shiori – Fly Beyond The Limits ().

Tarixi Cham Wings Airlines 2006-yil 9-iyulda Suriyadagi birinchi xususiy aviakompaniya sifatida suriyalik tadbirkor Issam Shammout tomonidan tashkil etilgan. Aviakompaniyaning asosiy markazi Damashq xalqaro aeroporti hisoblanadi. Kompaniya 2007-yil 23-sentyabrda Suriya fuqaro aviatsiyasi maʼmuriyati (SCAA) tomonidan berilgan Samolyot operatorlari sertifikatini (AOC) rasman oldi. Garchi sertifikatni Suriyaning asosiy milliy aviatashuvchisi „Syrian Air“ dan keyin ikkinchi boʻlib olgan boʻlsa-da, bu sertifikat kompaniyaga faqat muntazam boʻlmagan charter reyslarini amalga oshirishga ruxsat bergan.

Kompaniya bitta MD samolyotini ijaraga oldi va 2008-yil 3-martda Damashqdan Bagʻdod xalqaro aeroportiga birinchi parvozini boshladi.

2008-yilda bozorga „Syrian Pearl Airlines“ nomi ostida yangi aviakompaniya kirib keladi. Ushbu aviakompaniya Cham Holding (Rami Maxluf asosiy aksiyadori) (69%), Syrianair (25%), Aqeeq Aviation/Aquila Holding, (Aqeeq va Al Deshtei Quvaytiy) (6%) tomonidan egalik qilinadi. Syrian Air maʼqullamagan yoʻnalishlarda charter reyslarni amalga oshirishda qiynalgan Cham Wingsdan farqli oʻlaroq, Syrian Pearl mamlakatning flagman aviakompaniyasi bilan hamkorlik orqali muntazam reyslarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladi. Syrian Pearl oʻz faoliyatini hech qachon boshlamagan boʻlsa-da, Cham Wings faqat charter reyslar orqali foyda koʻra olmadi. 2012-yilda Suriyadagi tartibsizliklar ortidan kompaniya oʻz faoliyatini toʻxtatgan edi. left|thumb|200x200px| Cham Wings Airlines aviakompaniyasining Airbus A320-212 samolyoti 2014-yilda Cham Wings Airlines muntazam reyslarni amalga oshirishga ruxsat oldi va Suriyadagi ikkinchi milliy aviatashuvchiga aylandi. Keyin u Bayrut, Quvayt, Bagʻdod va Qamishli kabi yoʻnalishlarga xizmat koʻrsatish uchun oʻz faoliyatini qayta boshladi.

2016-yilda Suriya hukumatini qoʻllab-quvvatlagani uchun AQSh sanksiyalariga kiritiladi.

2018-yilda Cham Wings Germaniyadagi suriyalik qochqinlarni Myunxendan Damashqqa va ortga olib oʻtishini eʼlon qildi, bu esa ularning qochqin maqomini yoʻqotishiga olib kelishi mumkin.

2021-yil iyun oyida Ukraina Qrimga parvozlar tufayli aviakompaniyani qora roʻyxatga kiritdi.

2021-yilda davom etayotgan Belarus-Yevropa Ittifoqi chegara inqirozi tufayli Cham Wings Airlines oddiy sayohatchilar va noqonuniy muhojirlarni ajrata olmasligi vaji bilan 2021-yil noyabr oyida Damashqdan Minskka qisqa muddatda reyslarini toʻxtatdispiegel.de – Syrian airline ends flights to Minsk (German) 13 November 2021. 2021-yil dekabrida Yevropa Ittifoqi Cham Wings Airlines aviakompaniyasini muhojirlarni Belarus-Polsha chegarasiga olib oʻtishda va inqirozni yanada kuchaytirganlikda ayblab, sanksiya kiritdi. Shveysariya 20-dekabrda Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga qoʻshildi. Ushbu ayblov natijasida joriy etilgan Yevropa Ittifoqi sanksiyalari 2022-yil 19-iyulda bekor qilindi.

Egaligi Cham Wings Airlines 100% suriyalik tadbirkor Issam Shammoutga tegishli. Aviakompaniya tadbirkorning avtomobilsozlik, poʻlat ishlab chiqarish va yuk tashish sohalarida faoliyat yurituvchi Shammout Groups oilaviy biznesi tarkibiga kiradi.

Parvoz manzillari Cham Wings quyidagi yoʻnalishlarga parvoz qiladi (2023-yil 1-iyun holatiga koʻra): Mamlakat Shahar Aeroport Eslatmalar Manbalar Armaniston Yerevan Zvartnots xalqaro aeroporti Bahrayn Manama Bahrayn xalqaro aeroporti Eron Tehron Imom Xumayniy xalqaro aeroportiIroq Bagʻdod Bagʻdod xalqaro aeroporti Basra Basra xalqaro aeroporti Arbil Arbil xalqaro aeroporti Najaf Al Najaf xalqaro aeroporti Quvayt Al-Quvayt Quvayt xalqaro aeroporti Livan Bayrut Bayrut – Rafiq Haririy xalqaro aeroporti Liviya Bingʻozi Benina xalqaro aeroporti Ummon Maskat Maskat xalqaro aeroporti Pokiston Karachi Jinna xalqaro aeroporti Rossiya Moskva Sheremetyevo xalqaro aeroporti Sudan Xartum Xartum xalqaro aeroporti Suriya Halab Halab xalqaro aeroportiHab Damashq Damashq xalqaro aeroportiHab Loziqiya Basil al-Asad xalqaro aeroporti Qamishli Qamishli aeroporti Birlashgan Arab Amirliklari Abu-Dabi Abu-Dabi xalqaro aeroporti Sharja Sharja xalqaro aeroporti

Aviaparki left|thumb|200x200px| Cham Wings Airbus A320-231 samolyoti Cham Wings Airlines aviaparki quyidagi samolyotlardan iborat (2022-yil iyun holatiga koʻra): +Cham Wings Airlines floti Samolyot Miqdori Buyurtmalar Yoʻlovchilar Eslatmalar/manbalar B E Jami Airbus A320-200 3 — 156 156 1 174 174 Jami 4 —

Homiylik faoliyati 2021-yildan boshlab aviakompaniya Suriya milliy basketbol jamoasining rasmiy homiysiga aylandi.

Manbalar

Havolalar

Cham Wings Airlines rasmiy sayti Turkum:Suriya Turkum:Suriya Iqtisodiyoti Turkum:Aviakompaniyalar Turkum:Damashq