FlyArystan – Qozogʻistonning Olmaota shahrida baza qilgan lou-koster aviakompaniyasi. Bu Markaziy Osiyodagi birinchi arzon aviatashuvchi sanaladi. Kompaniya shiori – Say YES! to Travel ().
Aviakompaniya Air Astana tomonidan egalik qilinadigan lou-koster hisoblanadi. Oʻz faoliyatini 2019-yil may oyida boshlagan va zamonaviy A320 samolyotlari parkida past tarifli reyslarni amalga oshiradi. Yoʻnalishlar tarmogʻi ham mahalliy, ham xalqaro aviaqatnovlarni oʻz ichiga oladi.
Tarixi FlyArystanning sotuvlari 2019-yil 29-martda oʻz veb-saytida boshlangan. Aviakompaniya dastlabki reyslarini 2019-yil 1-may kuni oʻzining habi – Olmaota xalqaro aeroportidan amalga oshirdi.
2018-yil 6-noyabr kuni Olmaotada boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Air Astana prezidenti va bosh direktori Piter Foster FlyArystan „bir tomondan raqobatbardosh mahalliy bozorda arzonroq aviachiptalarga boʻlgan talabni qondirsa, boshqa tomondan, Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻylab arzon narxlardagi havo qatnovi uchun ulkan imkoniyatlarning tan olinishi“ deb aytdi.
Mukofotlari 2022-yil noyabr oyida FlyArystan SkyTrax tomonidan 4 yulduzli aviakompaniya sifatida tan olindi. FlyArystan 4 yulduzli sifat sifatida baholanadigan 12 ta lou-koster aviatashuvchilardan biridir.
2023-yil iyul oyida FlyArystan SkyTrax tomonidan „Markaziy Osiyo va MDHdagi eng yaxshi lou-koster“ deb topildi.
Parvoz manzillari thumb| FlyArystan parvoz manzillari FlyArystan Qozogʻistonning eng yirik mahalliy aviakompaniyasi boʻlib, boshqa aviakompaniyalarga qaraganda koʻproq reyslar va koʻproq oʻrindiqlarni taklif etadi. FlyArystan ichki yoʻnalishda 12 ta shaharga parvozlarni amalga oshiradi va 28 ta mahalliy yoʻnalishlarni taklif etadi. Aviakompaniyaning 5 ta mahalliy bazasi bor: Olmaota, Ostona, Atirau, Aqtau va Chimkent.
FlyArystan xalqaro reyslarni 2019-yilda boshlagan va shundan beri u Qozogʻistonning bir nechta aeroportlaridan parvozlarni taklif etadi. 2023-yil sentyabr holatiga koʻra aviakompaniya Ozarbayjon, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkiya va Oʻzbekistonga aviaqatnovlarni amalga oshiradi.
Aviaparki right|thumb|262x262px| Airbus A320-200 samolyoti Koʻkchatov xalqaro aeroportida
Joriy holati FlyArystan 180 oʻrindiqli Airbus A320 samolyotlarining standartlashtirilgan aviaparkiga ega. FlyArystanning A320NEO samolyotlari arzon aviatashuvchi tamoyillariga muvofiq tashish hajmini maksimallashtirib, 188 oʻrindiqqa ega.
2023-yil sentyabr holatiga koʻra, FlyArystan aviaparki quyidagi samolyotlardan tashkil topgan: +FlyArystan floti Samolyot Miqdori Buyurtmalar Oʻrindiqlar Eslatmalar Airbus A320ceo 11 - 180 . Airbus A320neo 5 2 188 Airbusdan yangidan xarid qilingan Jami: 16 2
Aviaparkning rivojlanishi FlyArystan 2019-yilgi Dubay aviakoʻrgazmasida 30 ta Boeing 737 MAX 8 samolyoti uchun qiziqishi bildirish maktubini topshirdi.
FlyArystanning 2022-yil dekabr oyida maʼlum boʻlgan rejalariga koʻra, aviakompaniya 2023-yil oxirigacha oʻz parkini 19 ta samolyotga yetkazadi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Qozogʻiston aviakompaniyalari Turkum:Markaziy Osiyo aviakompaniyalari Turkum:Lou-kosterlar Turkum:Olmaota