Umar Sulaymon (; 1986-yilda tug’ilgan) – amerikalik musulmon olimi, fuqarolik huquqlari yoʻnalishida yetakchi, yozuvchi va notiq . U Yaqeen islom tadqiqotlari instituti asoschisi va prezidenti , islomshunoslik kafedrasi professori va Janubiy Metodist universiteti qoshidagi Etika markazi maslahat kengashi aʼzosi hisoblanadi. Hozirda u Valley Ranch islom markazining doimiy stipendiati va tinchlik va adolat uchun koʻp konfessiyali ruhoniylar koalitsiyasi – Thanks-Giving maydonidagi Faith Forward Dallasning faxriy hamraisi sifatida faoliyat olib boradi.

Hayoti Sulaymon 1986-yilda Yangi Orleanda falastinlik oilada tugʻilgan.

Sulaymon buxgalteriya hisobi va islom huquqi yoʻnalishida bakalavr, islom moliyasi va siyosat tarixi yoʻnalishida esa magistr darajalariga ega. Malayziya xalqaro islom universitetida islom tafakkuri va sivilizatsiyasi boʻyicha doktorantura bosqichini tamomlagan .

Faoliyati Nyu-Orleanga qaytib borganidan soʻng, u olti yil Jefferson musulmonlari uyushmasining imomi hamda 2005-yil oxirida „Musulmonlar insoniyat uchun“ Katrina toʻfoni oqibatlarini bartaraf etish borasida direktor lavozimida oʻz faoliyatini oliv bordi. U Sharqiy Jefferson dinlararo ruhoniylar assotsiatsiyasiga asos solgan va 2010-yilda Nyu-Orlean hokimi va shahar kengashi tomonidan ajoyib fuqarolik yutugʻi uchun mukofotlangan.

2016-yilda u musulmon tadqiqot markazi, Yaqeen islom tadqiqotlari institutiga asos solgan U, shuningdek, MUHSEN (Musulmonlar uchun maxsus taʼlim ehtiyojlarini aniqlash va ularga koʻmak berish) – nodavlat-notijorat tashkilotining asoschisi boʻlib, u nogironlar va ularning oilalariga yaxshiroq xizmat koʻrsatadigan yanada inklyuziv musulmon jamoalarini yaratishga qaratilgan mavzularda edi.

Kitoblari

Prayers of the Pious, 2019. Allah Loves…, 2020.ISBN 978-1-84-774135-6 Repentance: Breaking Habits of Sin, 2020.ISBN 978-9-67-174029-3 40 on Justice: The Prophetic Voice on Social Reform, 2021.ISBN 978-1-84-774144-8 Angels in your Presence, 2021-yil.ISBN 978-1-84-774150-9 Meeting Muhammad, 2022-yil.ISBN 978-1-84-774177-6

Manbalar

Qoʻshimcha maʼlumotlar

Turkum:Afro-Amerika fuqarolik huquqlari faollari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1986-yilda tugʻilganlar