Sergey Bashkirov (; 1959-yil 11-martda tugʻilgan) – sovet va ukrainalik futbol murabbiyi, sobiq professional futbolchi. Yarim himoyachi ampulasida oʻynagan
Futbolchilik faoliyati Sergey „Zvezda“ SC yoshlar jamoasi tarbiyalanuvchisi. 1979-yilda Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi aʼzolari aviahalokatda vafot etganidan soʻng Moskvaning „Spartak“ klubidan „Paxtakor“ tarkibiga oʻtgan. Paxtakor jamoasi safida SSSR Oliy ligasida debyut qilgan. 1980—1983-yillarda birinchi va ikkinchi ligada oʻynagan. 1984-yilda Dnepropetrovskning „Dnepr“ jamoasiga oʻtgan. Dnepr jamoasi tarkibida besh yil ichida Sovet Ittifoqi chempioni, SSSR chempionatining kumush va ikki marta bronza medali sovrindori va SSSR kubogi sohibi boʻlgan. 1989—1991-yillarda Zaporojyening „Metalurg“ klubida, 1991/1992-yillarda Polshaning 3-divizioni ishtirokchisi boʻlgan MZKS (Vasilkov) klubida oʻynagan. 1992-yilda u „Metallurg“ safida Ukraina chempionatida 3 ta oʻyin oʻtkazgan. U faoliyatini Germaniya quyi divizioni vakili „Rot-Vays“ Oberxauzen klubida yakunlagan.
Murabbiylik faoliyati 1997-yildan buyon murabbiy boʻlib ishlab kelmoqda.
Shaxsiy hayot Volga boʻyida tugʻilgan chuvashistonlik Bashkirov boshqa ukrainalik futbol murabbiyi Oleg Taran bilan bir juft egizak opa-singillardan biriga uylandi. Uning qizi Natalya Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Mladen Bartulovichning rafiqasidir.
Yutuqlar
Oʻyinchi Dnepr Dnepropetrovsk
Sovet oliy ligasi : 1988-yil; ikkinchi oʻrin 1987; bronza 1984, 1985
Manbalar
Havolalar
Turkum:1959-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:PFC Krylia Sovetov Samara futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Rot-Weiß Oberhausen futbolchilari Turkum:FC Metalurg Zaporojye futbolchilari Turkum:FC Dnipro futbolchilari Turkum:FC Spartak Moskva futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:SSSR Oliy ligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik futbol murabbiylar Turkum:FC Iskra Smolensk futbolchilari