Axtem Zaytullayevich Chiygoz (, ; 14-dekabr 1964-yil, Bulungʻur, Samarqand) – ukrainalik siyosatchisi, Yevropa birdamligi partiyasidan saylangan Oliy Rada deputati. Qrim-tatar xalqi majlisi deputati.

Biografiyasi Axtem Chiygoz 1964-yil 14-dekabrda Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Onasi – Alie Chiygʻoz (2017-yilda vafot etgan). Katta akasi siyosatchi Rustem Chiygʻoz (1963-2010). 1979-yildan 1989-yilgacha oila Kubanda yashagan.

1989-yilda oila Qrimga koʻchib oʻtdi. 1991-yilda Axtem Chiygoz Qrim-tatarlarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga saylangan. 1998-yilning iyunidan dekabrigacha Boqchasaroy tumani, Plodovoe qishlogʻidagi „Soyuz VLT“ xususiy korxonasida duradgor boʻlib ishlagan. 2000-yilning may oyidan sentyabrgacha – Boqchasaroy shahridagi koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonna ishchisi boʻlgan.

2002-yildan 2010-yilgacha – Ukraina Prezidenti huzuridagi Qrim-tatar xalqi vakillari kengashi aʼzosi. 2004-yildan beri Boqchasaroy majlisi raisi. 2004-yil sentyabr oyida Boqchasaroydagi piyodalar oʻtish joyida olti oylik homilador ayol – Svetlana Bondarenkoni urib yuborgan. Olingan jarohatlar natijasida 27 yoshli ayol ikki kundan keyin vafot etgan. 500 dan ortiq shahar aholisi Chiygozga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishni talab qilib xat imzolagan. Ikki oy oʻtgach, jabrlanuvchining onasi huquq-tartibot idoralari tergov qilmayotganini va unga tahdidlar boʻlganini maʼlum qilgan.

2004-yil noyabr oyida Qrim-tatar xalqining IV Qurultoyi delegati boʻlgan. Sariq inqilob davrida Viktor Yushchenkoni qoʻllab-quvvatlagan. Chiygoz va uning tarafdorlari qoʻzgʻatilgan sud ishini oʻziga nisbatan siyosiy taʼqib sifatida baholadilar. 2007-yil 6-noyabrda Ay-Petri platosida joylashgan Chiygoz savdo majmualari buzib tashlandi. Buzib tashlash chogʻida Ichki ishlar vazirligi xodimlari bilan Chiygoz boshchiligidagi 50 ga yaqin majlis tarafdorlari oʻrtasida toʻqnashuv boʻlgan. 2007-yil dekabr oyida Chiygoz Yalta shahar sudi qarori bilan hibsga olingan.

Axtem Chiygoz 2006- va 2010-yillarda Boqchasaroy tuman Kengashi deputati etib saylangan. 2008-yilda Avdet gazetasi bergan maʼlumotlarga koʻra, u Qrim tatarlarining eng nufuzli oʻnta siyosatchilaridan biri boʻlgan. 2010-yilda Qrim Oliy Kengashiga boʻlib oʻtgan saylovlarda u „Rux“ partiyasidan nomzodini qoʻygan, biroq parlament aʼzosi boʻla olmagan.right|thumb|250x250px| Ukraina Prezidenti Petro Poroshenko Axtem Chiygozga „Buyuk xizmatlari uchun“ ordenini topshirmoqda. 2017-yil oktyabr2011-yil oktyabr oyida sud Chiygozni marhum Svetlana Bondarenkoning oilasiga 80 000 grivna tovon puli toʻlashga hukm qildi.

2012-yilda Ukraina Oliy Radasiga boʻlib oʻtgan saylovlarda Xrixoriy Grubaga yutqazib, ikkinchi oʻrinni egalladi.

2013-yil dekabr oyida u parlament raisining oʻrinbosari boʻlgan. left|thumb|250x250px| Refat Chubarov bilan birgalikda Tatariston rahbariyati bilan uchrashuvda, 2014-yil 26-may Axtem Chiygoz 2013-yilning qishida yuz bergan Yevromaydon namoyishlarini qoʻllab-quvvatlagan. 2014-yil aprel oyida Qrim prokuraturasi Chiygozga „Ekstremistik faoliyatning oldini olish toʻgʻrisida“ ogohlantirish berdi. FSB Refat Chubarovning yarim orolga kirishini taqiqlaganidan soʻng, Chiygoz Qrimdagi majlis rahbari vazifasini bajardi.

2014-yil 26-fevral kuni Qrim parlamenti binosi oldidagi mitingda qatnashgani uchun Chiygoz 2015-yil 29-yanvarda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismini („ommaviy tartibsizliklar tashkil etish“) buzganlikda gumonlanib hibsga olingan. Chiygozga 10 yil qamoq jazosi berilishi eʼlon qilingan. Xalqaro Amnistiya hibsga olishni „Qrimning anneksiya qilinishiga rozi boʻlmaganlarga qarshi yana bir repressiv chora“ deb atadi. „Memorial“ inson huquqlari tashkiloti Chiygozni siyosiy mahbus sifatida tan oldi. Chiygozga qarshi sud 2015-yil 28-dekabrda Simferopolda boshlangan. Uning ishi boʻyicha jami 151 ta sud majlisi oʻtkazilgan.

2017-yil 11-sentyabrda Qrim Respublikasi Oliy sudi uni sakkiz yilga ozodlikdan mahrum qildi. Oradan bir oy oʻtib, 25-oktyabr kuni Chiygoz va Ilmi Umerovlar qoʻyib yuborilib, Turkiyaga ekstraditsiya qilindi, evaziga u yerda chechen muhojirlarini oʻldirishga tayyorgarlik koʻrganlikda ayblanib hibsga olingan ruslar Aleksandr Smirnov va Yuriy Anisimovlar ozod qilindiTursiya obmenyala Umerova i Chiygoza na rossiyskix razvedchikov – SMI. 27-oktyabr Chiygoz va Umerov Kiyevga qaytishgan.

2019-yilda Ukraina parlamentiga boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari saylovlarda qatnashdi. Saylov vaqtida oʻzini partiyasiz deb eʼlon qildi. 2019-yil 29-avgustda deputatlik qasamyodini qabul qildi. U Oliy Radaning etnosiyosat, tub xalqlar va milliy ozchiliklar huquqlari boʻyicha quyi qoʻmitasi raisi etib saylangan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qrim-tatarlar Turkum:Ukrainalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar