Vyacheslav Yuryevich Klochkov (; 1967-yil 11 mart) — sovet va rus futbolchisi, yarim himoyachi.
Karyerasi Faoliyatining boshida Toshkentning „Start“ (1984-yil, 23 uchrashuv oʻtkazgan, 4 gol urgan) va „Traktor“ (1987—1988, 21 oʻyin) jamoalarida oʻynagan.
1989-yilda SKA-RShVSM klubida 20ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urdi, shundan soʻng Chirchiqning „Selmashevets“ jamoasiga koʻchib oʻtdi va 19ta uchrashuvda 6ta gol urdi. 1990-yilda Angrenning "Shaxtyor" jamoasi safiga kelib qoʻshildi va 28ta oʻyin oʻtkazib, 6ta gol urdi.
1990-yildan 1991-yilgacha "Paxtakor" safida toʻp surgan va birinchi liganing kumush medali sohibiga aylangan. 1991-yilda SSSR Oliy ligasida bir mavsum oʻtkazgan. „Paxtakor“ safida jami 22ta oʻyin oʻtkazib (shundan 12 tasi oliy ligada) 2ta gol urgan.
1992-yilda "Navbahor" klubi tarkibida Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻynagan. Jamoaning 7ta uchrashuvida qatnashgan va chempionatda 1ta gol urgan. Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritganVisshaya liga. 34 tur.
1993-yilgi mavsumni Krasnodarning „Kolos“ jamoasida oʻtkazgan, 32ta oʻyinda 1ta gol urgan va uchinchi ligada „Kolos-d“ tarkibida 15ta uchrashuvda maydonga tushgan. 1994-yildan 1995-yilgacha Slavyansk-Kubanning „Niva“ jamoasida oʻynagan. 37 oʻyin oʻtkazib, 7ta gol urgan.
1996-yilda „Kuban-Krasnodar“ jamoasi safiga qoʻshildi, 22 oʻyinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi. Shuningdek, uchinchi ligada Kuban-D jamoasi uchun 3ta uchrashuv oʻtkazdi va 1ta gol urdi. 1997-yilgi mavsumda „Niva“ jamoasi uchun 20ta oʻyin oʻtkazdi.
Yutuqlar Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1992-yil SSSR Birinchi ligasida 2-oʻrin (Oliy ligaga chiqish): 1990-yil
Manbalar
Turkum:1967-yilda tugʻilganlar Turkum:11-martda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Konchi Angren klubi futbolchilari Turkum:Kimyogar Chirchiq klubi futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Start Toshkent klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar