Sanoati Surxondaryo viloyatining asosiy sanoat tarmoqlari: yengil sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati, un-yorma. Surxondaryo viloyatiga Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 3-4 foizi togʻri keladi. Respublikamizning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, yuk tashishning transport taʼminotini yaxshilash maqsadida „Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon“"PQ-717-son 26.10.2007. Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon yangi temir yoʻl liniyasidan foydalanishni tashkil etish toʻgʻrisida" https://lex.uz/docs/-1262327 temiryoʻli ishga tushirildi. Bu temiryoʻl Boysun tumani orqali iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan tumanning yaxshi rivojlanmayotgan qishloqlariga sanoatning kirib kelishiga, yerusti va yerosti boyliklaridan keng foydalanishga, dam olish maskanlari qurishga katta imkoniyat yaratmoqda. Viloyat sanoat tarmoqlari ichida yetakchi hisoblangan yengil sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi tumanlarida toʻqimachilik komplekslari tashkil etilib, viloyatda yetishtirilayotgan paxta tolasining qayta ishlash hajmini 20—25 foizga ytkazish moʻljallanmoqda. Kon sanoatini ham rivojlantirish jadal ketmoqda. Hozirda Xovdogʻ, Uchqizil, Lalmikor va Kakaydi yaqinida neft va gaz konlari ishlamoqda. Oʻzbekistondagi uchta yirik konning ikkitasi Surxondaryoda (Shargʻun va Boysun koʻmir konlari). Shaharlari Termiz Termiz — viloyatning maʼmuriy va madaniy markazi. U Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri. Bu shaharda Amudaryo porti, temiryoʻl va avtomobil yoʻli qurilgach, shahar asosiy transport markaziga aylandi. 1995-yilda Termizda zamonaviy aeroport qurildi. Shaharda paxta tozalash zavodi, sut-yogʻ, non va goʻsht kombinatlari, binokorlik materiallari ishlab chiqariladigan korxonalar bor. Bundan tashqari Termiz davlat universiteti ham mavjud. Denov Denov — qadimgi yirik savdo va hunarmandchilik qishlogʻi oʻrnida barpo boʻlgan shahar. 1929-yil Denovdan temiryoʻl oʻtgach ishlab chiqarish rivojlana boshlagan. Denov sanoati qishloq xoʻjalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unda paxta tozalash, sharob, moy-sut, motor taʼmirlash, gʻisht zavodlari bor. Shaharda R. R. ShrederOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil nomidagi respublika bogʻdorchilik uzumchilik va sharobchilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba markazi joylashgan.

Manbalar

Turkum:Surxondaryo viloyati Turkum:Surxondaryo sanoati Turkum:Surxondaryo shaharlari