Alisher Valijon oʻgʻli Odilov (; 2001-yil 15-iyul, Andijonda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik futbolchi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubida hujumkor qanot yarim himoyachisi va hujumchi pozitsiyalarida oʻynaydi.
Futbolchilik faoliyati Toshkentning „Paxtakor“ va „Olimpik“ klublarining oʻsmirlar va yoshlar jamoalarida toʻp surgan. Alisher Oʻzbekiston chempionatidagi debyutini 2022-yil 9-mart kuni „Qoʻqon 1912“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazgan.
2024-yil 26-avgustda Rossiya birinchi ligaisda ishtirok etuvchi, Moskva viloyatining „Ximki“ jamoasi bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Terma jamoadagi faoliyati Oʻzbekiston U23 terma jamoasi aʼzosi sifatida 2022 (ikkinchi oʻrin) va 2024-yilgi (ikkinchi oʻrin) yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan.
2022-yilda Xitoyda boʻlib oʻtayotgan Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Honkongni 4:0 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrinni egallagan va Odilov oʻyindagi ilk golini kiritgan.
Parijda 2024-yilgi Olimpiada oʻyinlari boshlanishi arafasida Temur Kapadze Odilovni turnirda qatnashadigan futbolchilarning kengaytirilgan roʻyxatiga kiritgan.
Yutuqlar Terma jamoa Oʻzbekiston U23 AFC U-23 Osiyo kubogi ikkinchi oʻrin sohibi: (2) 2022, 2024 Osiyo Oʻyinlari bronza medali sohibi: 2022
Oʻzbekiston MOFA millatlar kubogi chempioni: 2025
Klub Neftchi Oʻzbekiston Superligasi chempioni: 2025 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2026
Manbalar
Havolalar Alisher Odilov OʻzPFL saytida futbolchi profili Alisher Odilov Transfermarkt saytida futbolchi profili Alisher Odilov Soccerway saytida futbolchi profili Alisher Odilov Footballdatabase saytida futbolchi profili
Turkum:15-iyulda tugʻilganlar Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Olimpik jamoasi futbolchilari Turkum:FC Khimki futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Rossiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 21 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Olimpiya milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2022 futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston uchun Osiyo oʻyinlari bronza medali sohiblari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar