Yusup Mingkabilovich Ziyayev (1956-yil 2-avgust; Surxondaryo viloyati, Denov tumani) — Mashinist, Oʻzbekiston qahramoni.

Tarjimai holi Yusup Ziyayev 1956-yil 2-avgustda Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tugʻilgan. 1974-yilda Denovdagi 27-umumiy oʻrta taʻlim maktabini bitirgan. 1978-yildan hozirgi vaqtga qadar Oʻzbekiston temir yoʻllari Aksiyadorlik Jamiyati tizimida mashinist sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Yusup Ziyayev mashinist sifatida 1999—2001-yillarda „Uchquduq-Miskin-Sulton Uvaystogʻ“ temiryoʻl yoʻnalishi qurilishida ishtirok etgan. 2002-yilda „Toshkent-Samarqand“ temiryoʻlini qayta qurish jarayonida ham ishtirok etgan. 2003—2007-yillarda Surxondaryo va Qashqadaryoni boshqa hududlar bilan bogʻlovchi „Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon“ yoʻnalishidagi temiryoʻlning „Shoʻrob-Boysun“ hududidagi 30 km, „Boysun-Qumqoʻrgʻon“ yoʻnalishidagi 60 km uzunlikdagi yoʻllarni rostlash va moslash jarayonlarida qatnashgan.

Mahalla faoli Xursand Holiqov Yusup Ziyayev haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgan:

Mukofotlari 2007-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan mukofotlangan.

Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 24-avgustdagi PF-4236-sonli farmoni bilan Yusup Mingkabilovich Ziyayevga Oʻzbekiston qahramoni unvoni berilgan.

Manbalar

Adabiyotlar