Xorvatiya milliy futbol terma jamoasi () xalqaro futbol oʻyinlarida Xorvatiya sharafini himoya qiladi. Milliy terma jamoa mamlakatda futbol boʻyicha boshqaruv organi boʻlgan Xorvatiya Futbol Federatsiyasi (HNS) tomonidan boshqariladi. Shuningdek, terma jamoa Yevropa miqyosida UEFA hamda dunyo miqyosida FIFA aʼzosi sanaladi. Terma jamoa liboslaridagi rang quyidagi ikki milliy ramzga ishora qiladi: Xorvatiya shaxmat taxtasi deb ataluvchi milliy gerbi va milliy bayroqdan kelib chiquvchi uch xil rang. Xorvatiya terma jamoasi Vatreni ('Bleyzerlar') va Kockasti ('Kataklilar') laqablari orqali ham tanilgan.
Bleyzerlar 1994-yildan beri 2000-yilgi Yevropa chempionati hamda 2010-yilgi jahon chempionatidan tashqari barcha yirik musobaqalarda ishtirok etgan. FIFA Jahon chempionatida doirasida terma jamoa bir marta ikkinchi oʻrin (2018) va ikki marta uchinchi oʻrinni (1998, 2022) egallagan. 1998-yilda Davor Šuker Oltin butsa hamda Kumush toʻp, shuningdek Luka Modrić 2018-yilda Oltin toʻp hamda 2022-yilda Kumush toʻp sohibiga aylanishgan. Jamoa ikki marta UEFA Yevropa chempionatining chorak finaliga (1996, 2008) chiqqan. 2023-yilda UEFA Millatlar Ligasi musobaqasida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2023-yil iyun oyida terma jamoa oʻz tarixidagi eng yuqori ELO reytingi 2,012 koʻrsatkichini qayd etdi.
Xorvatiya milliy terma jamoasi 1994-yilda 125-milliy terma jamoa sifatida FIFAga aʼzo boʻldi. FIFA Jahon chempionati doirasidagi ilk debyuti hisoblangan 1998-yilgi Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. Bu koʻrsatkich orqali terma jamoa FIFA reyting tizmiga Top 10talikka kirgan FIFA tarixidagi eng tezkor, eng yosh jamoa boʻldi. Xorvatiya milliy terma jamoasi Jahon chempionati finaliga chiqqan terma jamoalar orasida aholisi boʻyicha Urugvaydan keyin va hududi boʻyicha Niderlandiyadan keyin ikkinchi jamoa hisoblanadi. Terma jamoa ikki marta (1994, 1998) FIFAning FIFA Best Mover of the Year mukofotini qoʻlga kiritgan. Xorvatiya boshqa davlatlar qatorida Italiya va Serbiya bilan futboldagi raqobatni saqlab kelmoqda.
Tarixi Dastlabki davr
Xorvatiya futbolining dastlabki tarixi haqida turli xil talqinlari mavjud, chunki Xorvatiya XX asr oxiriga qadar mustaqil davlat emas edi. Ulardan birinchisi, jamoa bilan xalqaro doirada 1918—1919-yillarda bir nechta oʻyinlar oʻtkazgan Hugo Kinert davri edi Translation. 1940-yilda Jozo Jakopić Yugoslaviya tarkibidagi Xorvatiya Banovinasini Shveysariya va Vengriyaga qarshi toʻrtta oʻrtoqlik uchrashuvlari doirasida boshqargan. 1941-yilda AXIS kuchlarining (Ikkinchi Jahon urushi davrida Germaniya, Italiya va Yaponiya Ittifoqi) Yugoslaviyaga bosqini davrida Germaniya va Italiya Xorvatiyani oʻz nazorati ostiga olib, Rudolf Hitrecni norasmiy rahbar sifatida tayinlagan. Shu orqali jamoa 1941-yilda FIFAga qayta aʼzo boʻlgan. Ikkinchi Jahon urushi yakuniga qadar 15 ta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazgan Translation. 1945-yilda Xorvatiya Yugoslaviyaga qayta qoʻshilgach, Xorvatiya Respublikasi jamoasi sifatida 1956-yilgacha faoliyat koʻrsatdi. 1945-yilda Yugoslaviya hukumati tomonidan Ikkinchi Jahon urushi yakunlanganligini xotirlash maqsadida Yugoslaviya futbol turniri tashkil etildi. Unda xorvatlar Yugoslav xalq qoʻshini va Serbiya jamoalaridan soʻng uchinchi oʻrinni olgan. Xorvatiyaning yangi taʼsis etilgan Respublika sifatidagi birinchi va soʻnggi oʻyini 1952-yilda Indoneziyaga qarshi oʻtkazilgan. Oʻyin 5:2 hisobida yakunlangan. Mustaqillikdan oldingi davrda xorvat futbolchilari Yugoslaviya terma jamoasi tarkibida 1956-yilgi Yozgi Olimpiada o'yinlarida, shuningdek, 1990-yilga qadar Jahon chempionatlari hamda UEFA Yevropa chempionatlarida ishtirok etishdi.
1991-yil 16-may kuni yaʼni Xorvatiya mustaqillik referendumi oʻtkazilishidan uch kun oldin Yugoslaviya terma jamoasi tarkibidagi xorvatlar soʻnggi oʻyinini Farer orollariga qarshi oʻtkazdi. Hozirgi Xorvatiya oʻzining xalqaro maydondagi ilk norasmiy debyutini 1990-yil 17-oktyabrda Amerika Qoʻshma Shtatlariga qarshi oʻtkazdi. Oʻyin 2:1 hisobida Xorvatiya foydasiga yakunlandi hamda unda xorvatlar oʻzining zamonaviy katakli formasida toʻp soʻrishdi. Dražan Jerković Xorvatiyaning 1992-yil 3-iyuldagi (FIFAga qayta aʼzo boʻlgandan soʻng) oʻyinlariga de facto murabbiy sifatida boshchilik qildi. Murabbiy qoʻl ostida terma jamoa Ruminiya va Sloveniyaga qarshi ikki oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi va gʻalaba qozondi. 1993-yil aprelda Stanko Poklepović jamoa boshqaruvini qoʻlga olib, Avstraliyaga qarshi oʻyiniga boshchilik qildi. Keyinchalik Vlatko Marković bosh murabbiy boʻldi. Jamoa 1993-yil iyun oyida UEFAga qabul qilindi. Saralashdan uch oy oʻtib 1994-yilgi Jahon chempionati start oldi. Unda jamoa saralash bahslaridan oʻtolmadi.
Blažević davri (1992—1994)
Yugoslaviyadan ajralib chiqqandan soʻng, yangi formatda tashkil etilgan Xorvatiya terma jamoasi 1994-yil mart oyida FIFA Jahon reytingiga 125-oʻrinda qabul qilindi . 1994-yil 4-sentabrda Blažević 1996-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralash bahslarida jamoa bosh murabbiyi boʻldi. Xorvatiya milliy jamoasi ilk oʻyinda Estoniya terma jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozondi. 1995-yil 1-iyunda Ukraina bilan kechgan bahsda 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Saralash bahslarini birinchi oʻrinda yakunlagach, jamoa oʻzining Jahon reytingidagi oʻrnini yaxshilab oldi va 62-oʻringa koʻtarildi. 1994-yilda FIFA tomonidan Best Mover of the Year nominatsiyasi gʻolibi deb topilgan. 1996-yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichida jamoa D guruhidan joy oldi. Goran Vlaović jamoaning musoboqadagi birinchi goliga mualliflik qildi. Ilk oʻyinda terma jamoa Turkiya ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Keyingi oʻyinda Xorvatiya amaldagi chempionlar hisoblanuvchi Daniyani 3:0 hisobida magʻlub etdi. Guruhning soʻnggi oʻyinida Portugaliyaga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi. Chorak final bahsida Xorvatiya Germaniyaga qarshi 2:1 hisobidagi magʻlubiyatga uchradi va musobaqani tark etdi. Jamoaning 1998—1999-yillardagi 2000-yilgi Yevropa chempionati uchun saralash oʻyinlari muvaffaqiyatsiz yakunlandi va jamoa mazkur turnirning final bosqichiga yoʻllanma ololmadi. Terma jamoa guruhda Yugoslaviya va Irlandiyadan keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
Xorvatiya 1998-yilgi Jahon chempionati saralash oʻyinlarini Ukrainaga qarshi ikki oʻyindan iborat umumiy gʻalaba bilan boshladi. 1998-yilgi Jahon chempionatida Xorvatiya Yamayka, Yaponiya, Argentina bir guruhdan joy oldi. Dastlabki oʻyinlarda Yamayka va Yaponiyani magʻlubiyatga uchratgan Xorvatiya keying oʻyinda Argentinaga magʻlub boʻldi. Nimchorak finalda Ruminiya ustidan 1:0 hisobidagi gʻalabasi xorvatlarni chorak finalga olib chiqqan. Germaniyani 3:0 hisobida Robert Jarni, Goran Vlaović va Davor Šuker tomonidan kiritilgan gollar evaziga magʻlub etishgan. Yarim finalda ular mezbon jamoa Fransiyaga qarshi tushishdi. Oʻyin yakuni 2:1 hisobida Xorvatiya magʻlubiyati bilan tugadi. Uchinchi oʻrin uchun kurashda Xorvatiya Niderlandiyaga qarshi 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻzining Jahon chempionati tarixidagi birinchi bronza medalini qoʻlga kiritdi. Davor Šuker Jahon chempionatidagi eng yaxshi toʻpurar boʻldi (7 oʻyinda 7 gol). U chempionatning Oltin butsasi sohibiga aylandi. Xorvatlarning 1990-yillarning oxiridagi faoliyati ularni 1999-yil yanvar oyida FIFA jahon reytingida uchinchi oʻringa olib chiqdi. 1990-yillar jamoasi Xorvatiyaning xalqaro futbolga qoʻshgan hissasi uchun oʻz davrida oltin avlod deb nomlangan.
Jozić, Barić va Kranjčar davri (2000—2006)
Xorvatiya 2002-yilgi Jahon chempionati uchun saralash oʻyinlarini Belgiya va Shotlandiyaga qarshi durang bilan boshladi. Dastlab qayd etilgan natijalar sababli 2000-yil oktyabr oyida Blaževićning bosh murabbiy sifatida isteʼfoga chiqishiga sabab boʻlgan. Undan keyin terma jamoaga bosh murabbiy boʻlgan Mirko Jozić jamoani saralash turlaridan magʻlubiyatsiz olib chiqdi. 2002-yilgi Jahon chempionati final oʻyinlari guruh bosqichida Xorvatiya, Meksika, Germaniya va Ekvador bir guruhdan joy oldi. Ilk oʻyinda Meksikaga kichik hisobda yutqazdi. Germaniyani 2:1 hisobida magʻlub etdi hamda Ekvadorga 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. Jamoaning bir ochko farq bilan guruhdan chiqa olmaganligi Jozićning isteʼfosiga olib keldi. 2002-yil iyul oyida jamoaga ilk maotaba Sharqiy Yevropa tashqarisidan murabbiy jalb qilindi. Avstriyalik Otto Barić jamoaga murabbiylik qila boshlagan. Barićning faoliyati davomida „oltin avlod“ tarkibidagi qolgan futbolchilarning aksariyati 2004-yilgi Yevropa chempionati saralashi davomida asta-sekin yosh futbolchilar bilan almashtirilgan. Barić 2004-yil iyun oyida ikki yillik shartnomasi tugaganidan keyin jamoani tark ketgan.
2006-yilgi Jahon chempionati saralashi boshlanishidan oldin Barićning oʻrnini 2004-yil iyul oyida Zlatko Kranjčar egallagan. Xorvatiya saralash bahslarida magʻlubiyatsiz ishtirok etdi. Shvetsiya va Bolgariyani magʻlubiyatga uchratib guruh bosqichidan chiqdi. Zlatko Kranjčar oʻz oʻgʻli Nikoni milliy tarkibga qoʻshganligi sababli ommaviy axborot vositalari uni nepotizm (qarindosh-urugʻchilik)da ayblagan. 2006-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining ochilish oʻyinida Xorvatiya Braziliyaga yutqazdi. Ikkinchi oʻyinda Yaponiyaga qarshi kechgan bahsda Darijo Srna birinchi boʻlimda penaltida unumli foydalana olmaganligi sababli durang natija qayd etildi. Avstraliyaga qarshi bahsda xorvatlarning uch futbolchisi oʻyindan chetlashtirildi. Oʻyin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Oʻyinda hakam Graham Poll xorvat himoyachisi Josip Šimunićga uchta sariq kartochka koʻrsatdi.
Bilić davri (2006—2012)
2006-yil iyul oyida 2008-yilgi Yevropa chempionati uchun tayyorgarlikdan oldin Kranjčar oʻrnini Slaven Bilić egalladi. Ushbu murabbiy jamoaga asosan yosh oʻyinchilarni jalb etgan holda saralash bosqichlarini magʻlubiyatsiz tugalladi. Birinchi oʻyin xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi doirasida amaldagi Jahon chempionlari Italiyaga qarshi 2:0 hisobida Xorvatiya gʻalabasi bilan boshlangan. Keyingi oʻyinda Xorvatiya Shimoliy Makedoniyaga yutqazdi va Angliyani ikki marta magʻlub etdi. Natijada Angliya 1984-yildan beri birinchi marta saralashdan oʻta olmadi. Eduardo da Silva saralash davomida jamoaning eng yaxshi toʻpurari boʻldi, ammo final bahslarida Arsenal klubi oʻyinlarida jarohat olganligi sababli ishtirok etolmadi. Final bahslarining guruh bosqichida Xorvatiya mezbon Avstriya ustidan 1-0 , Germaniya ustidan 2-1 va Polsha ustidan 1-0 hisobida gʻalaba qozondi. Mazkur gʻalabalar tufayli jamoa Yevropa chempionati tarixida birinchi marta guruh bosqichida toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ballarni toʻpladi. Barcha bosqichlarda jamoa sardorlari sifatida Niko Kovač va Dario Šimić qatnashgan. Chorak final oʻyinida Xorvatiya Turkiyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi. Unda Luka Modrić, Mladen Petrić va Ivan Rakitić oʻz imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Ushbu chempionatda Xorvatiya milliy futbol terma jamoasi bir nechta rekordlarni oʻrnatdi. Jumladan, jamoa guruh bosqichida eng kam gol oʻtkazib yuborgan jamoa sifatida tarixda qoldi.
2008-yil aprel oyida 2010-yil Jahon chempionati saralash turlari boshlanishidan oldin Bilić jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi. Ilk oʻyinda Xorvatiya 3:0 hisobida Qozogʻiston terma jamoasini magʻlub etdi. Maksimir stadionida Angliya bilan boʻlgan oʻyinda 4:1 hisobida magʻlub boʻldi. Ushbu magʻlubiyat natijasida 14 yillik uy oʻyinlaridagi magʻlubiyatsiz rekord yakunlandi. Guruh bosqichining qolgan oʻyinlarida Ukraina bilan ikki marta durang oʻynadi. Shuningdek, Andorra va Belarus jamoalari ustidan ikki marta gʻalaba qozondi. Uembli stadionida Angliyaga qarshi kechgan javob oʻyinida 5:1 hisobida magʻlub boʻldi. Saralash oʻyinlarida jamoaning bir qator oʻyinchilari jarohat oldi va yakunda guruhda qolib ketdi.