2023-yil 30-iyul sanasida Pokistonning Xaybar Paxtunxva maʼmuriy birligi, Bajaur viloyati Xar shahrida Jamoat Ulamo Islom-Fazl mitingida xudkush terrorchisi tomonidan portlash sodir etildi. Ushbu suiqasd natijasida kamida 55 kishi halok boʻlgan, 200ga yaqin kishi jarohatlangan.
Boshlanishi Jamiyati ulamoi islom fazl Fazlur Rahmon boshchiligidagi konservativ siyosiy va diniy partiya hisoblanadi. Afgʻonistonda Tolibon hukumati qoʻllab-quvvatlaydi. Partiya Pokiston milliy assambleyasi tarqatib yuborilganidan soʻng, markaziy saylovlarga tayyorgarlik koʻra boshlagan edi. Ekstremistik partiyalar davlat boshiga tushgan iqtisodiy inqiroz va sobiq bosh vazir Imron Xonning hibsga olinishidan oʻz manfaati uchun foydalanishga urinishgan.
Avvalroq, 2010-yilning yanvar va dekabr oylarida ham Xar shahrida ikki marta xudkush-terrorchilar portlash sodir etishgan. Oʻshandan beri mintaqada terrorchilik harakati kuchaygan, 2023-yil yanvarida xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat yomonlashishiga qarshi yirik norozilik namoyishlari boshlangan.
Portlash Jamoat Ulamo Islom-Fazl partiyasi 2023-yilning 30-iyul sanasida ishchilar qurultoyini tashkil etgan. Soat 16:00 lar atrofida xudkush-terrorchi sahnaga yaqinlashib, portlovchi jiletni ishga tushirgan. Kamida 54 kishi halok boʻlgan, 200ga yaqin kishi, jumladan, koʻplab bolalar yaralangan. Portlash oqibatida partiyaning mahalliy rahbarlaridan biri Mavlon Ziyavulla halok boʻldi.
Xuroson viloyatidagi Islomiy davlat xudkush terrorchilari portlash uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.
Manbalar
Turkum:Pokiston Turkum:Portlashlar Turkum:2023-yil voqealari Turkum:Qotillik Turkum:Terroristik xurujlar