Jahongir Shavkatovich Aliyev (; 1996-yil 14-iyulda tugʻilgan) – tojikistonlik futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynaydi. 2015-yildan beri u Tojikiston terma jamoasi safida muntazam maydonga tushib kelmoqda.

Faoliyati Jahongir 11 yoshida futbol oʻynay boshlagan. Maktab chempionatida toʻp tepib yurgan vaqtida Tojikiston Ikkinchi ligasi vakili – „Qayroqqum“ jamoasidan kelgan mahalliy futbol klubi murabbiyi unga eʼtibor qaratgan. Shu tariqa Jahongir Qayroqqum jamoasi tarkibida Ikkinchi ligada oʻynay boshlagan. „Qayroqqum“ klubining „Parvoz“ klubi bilan oʻyinida unga raqib jamoa murabbiylari qiziqish bildirishgan va Jahongir Aliyev bu jamoaga oʻtish borasida taklif olgan. 2012-yildan boshlab „Parvoz“ jamoasi bilan Tojikiston chempionatida oʻynay boshlagan. 2013-yilda u „Xoʻjand“ jamoasiga ijara asosida jalb qilingan.

2016-yil yanvar oyida Dushanbe jamoasi xisoblanadigan „Istiqlol“ safiga koʻchib oʻtgan va 2017-yil oxirigacha „Istiqlol“da oʻynagan. 2018-yilning yanvar oyida Jahongir Oʻzbekistonning „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2018-yil iyun oyida Xoʻjand jamoasi tarkibiga qaytgan.

2014-yilda yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olgan. 2016-yildan Tojikiston yoshlar terma jamoasini sardor sifatida maydonga olib tusha boshlagan. 2015-yilning 13-oktabr kuni u Iordaniyaga qarshi oʻyinda Tojikiston terma jamoasi safida debyut qilgan. Shu paytgacha u oʻz mamlakati terma jamoasi safida 13 ta oʻyin oʻtkazgan.

Faoliyat statistikasi Klub

KlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarIstiqlol2016Tojikiston Oliy ligasi12761301022820171642010210296Total281181132205114Nasaf2018Oʻzbekiston Superligasi801030–120Umumiy statistika361191162206314

Xalqaro

Tojikiston terma jamoasiYilOʻyinlarGollar201520201650201760201810Jami140

Yutuqlari Xoʻjand

Tojikiston vitse-chempioni: 2015-yil

Istiqlol

Tojkiston chempioni: 2016, 2017 Tojikiston kubogi sohibi: 2016 Tojikiston Super kubogi sohibi: 2016 Tojikiston kubogi final ishtirokchisi: 2017 tojikiston Super kubok finalchisi: 2017 OFK kubogi finalchisi: 2017

Manbalar

Havolalar

Jahongir Aliyev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Tojikistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FK Parvoz futbolchilari Turkum:Xoʻjand klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Dushanbe klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Ravshan Zafarobod klubi futbolchilari Turkum:Tojikiston Oliy Ligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Tojikistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tojikiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari