Rohat Gʻaybulloyevna Safarova (1958-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, profesor. Biografiyasi Rohat Safarova 1958-yilda Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan. 1988-yildan Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, boʻlim va ilmiy laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda institutning „Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi“ boʻlimi mudiri. Ilmiy faoliyati Rohat Safarova 2003—2021-yillar davomida Oʻzbekistonda oʻzbek sinflari uchun muntazam tarzda chop etilayotgan „Alifbe“ darsligi hamda „Oʻqituvchi kitobi“ metodik qoʻllanmasi, maxsus maktablar uchun Brayl yozuvidagi „Alifbe“ darsligi, 18 ta monografiya, 20 ta metodik qoʻllanma, 5 ta oʻquv dasturi, 3 jildli „Pedagogika“ ensiklopediyasi, „Alifbe“ darsligi asosida xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha 2 ta multimediali qoʻllanma muallifi. Mukofotlari „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni (1990, 2008); „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011); „O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil“ esdalik nishoni (2016); „Xalq taʼlimi fidoyisi“ koʻkrak nishoni (2021).

Manbalar

Turkum:1958-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik olim ayollar Turkum:Pedagogika fanlari doktorlari Turkum:Professorlar Turkum:Xalq taʼlimi aʼlochisi koʻkrak nishoni sohiblari