Kimi Merk (; 1998-yil 28-avgustda tugʻilgan) – futbolchi, Toshkentning „Paxtakor“ klubida hujumchi. Kimi Germaniyada tugʻilgan, Qirgʻiziston terma jamoasida xalqaro miqyosda oʻynaydi.

Futbolchilik faoliyati Qirgʻizistondan Germaniyaga koʻchib ketgan nemis oilasida tugʻilgan. Kimi mahalliy „Pirmasens“ jamoasida futbol oʻynay boshlagan. 2012—2023 yillarda „Kayzerslautern“ klubi tizimida futboldan taʼlim olgan.

2023-yil 21-iyul kuni Toshkentning „Paxtakor“ klubi Merk bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Kimi Oʻzbekiston chempionatidagi debyutini 2023-yilning 15-avgust kuni „Nasaf“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan. 2023/24-yilgi mavsumda AFC Osiyo chempionlar ligasida debyut qilgan.

Terma jamoa faoliyati 2023-yildan buyon Qirgʻiziston U20 va U23 terma jamoalarida oʻynamoqda. U Qirgʻiziston terma jamoasi tarkibida 2023-yilning 12-oktabr kuni Bahraynga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (2:0) debyut qilganBahrain 2–0 Kyrgyzstan. Qirgʻiziston terma jamoasiYilIshtGol202320Jami20 Statistics accurate as of match played 15 October 2023.

Yutuqlari

Shaxsiy sovrinlari

Qirgʻizistonda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2025

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Germaniyalik erkak futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FC Dordoy Bishkek futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar