alt=Оптический датчик ВБО-У18|thumb| Optik kontaktsiz datchik (kalit) Optik datchik ( fotoelektrik datchik ) - optik elektron qurilma, fizik kattalikdagi kontaktsiz datchik boʻlib, unda turli turdagi fotodetektorlar - fotodiod, fotorezistor, termal nurlanish detektoridan va hokazolardan foydalaniladi.

Qurilma va printsip Datchik uchta komponentdan iborat: nurlatuvchi, qabul qiluvchi va boshqaruv moslamasi (linzalar, optik tolalar, prizma va boshqalar) . Qabul qilgich ko'rinadigan, infraqizil yoki ultrabinafsha diapazonlarida nurlatuvchidan elektromagnit to'lqinlarni qayd qiladi va bu yerda optik signal elektr signaliga aylanadi .

Ishlatilishi Jismlarning holatini va harakatini aniqlanishida, sirt notekisligini, spektrometriyani, deformatsiyani va kuchlanishni Динамика и прочность машин. Теория механизмов и машин. Т. 1–3. В 2-х кн. Кн. 2 / А. В. Александров, Н. А. Алфутов, В. В. Астанин и др.; Под общ ред. К. С. Колесникова // Машиностроение. Энциклопедия. Ред. совет: К.В. Фролов (пред.) и др. — М.: Машиностроение, 1995. — 624 с. o`lchanishida, haroratni kuzatishda qoʻllanadi. Optik datchiklar shaffof va yarim-shaffof ob'ektlarni, suv bug'ini, tutunni, aerozollarni aniqlashda yordam beradi. Optik datchiklar jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarining ajralmas qismi sifatida , ob'ektlarning mavjudligi va sonini hisoblash, ularning yuzasida stikerlar, yozuvlar yoki teglar mavjudligini aniqlash, ob'ektlarni joylashtirish va saralash uchun keng qoʻllanadi.

Optik datchiklar yordamida siz masofani, oʻlchamlarini, darajasini, rangi va shaffoflik darajasini nazorat qilishingiz mumkin. Ular avtomatik yoritishni boshqarish tizimlariga, masofadan boshqarish moslamalariga oʻrnatiladi, xavfsizlik tizimlarida qoʻllanadi.

Yana qarang

Sensor Optika Katafot(yorug`lik qaytaruvchi) CCD - matritsa

Manbalar