Irina Aleksandrovna Matviyenko (1982-yil 13-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik jurnalist, aktivist, bloger, ayollarga nisbatan zoʻravonlik haqida hikoya qiluvchi Nemolchi.uz loyihasi asoschisi. Oʻzbekistonda sodir etilayotgan ayollarga nisbatan zoʻravonliklarga qarshi harakat qiluvchi huquq himoyachisi. NeMolchi.uz loyihasi ortidan bir necha oʻlim tahdirlari nishoniga aylangan. Shu bois, bloger Oʻzbekistonni tark etadi hamda Gruziyada yashashga qaror qiladi. Ozodlik.orgga bergan intervyusida Oʻzbekistonga qachondir qaytishini taʼkidlaydi.
2019-yilda Saxarov stipendiyasi tomonidan moliyalashtirilgan Yevropa parlamenti & Venetsiya Inson huquqlari maktabi hamkorlikdagi tadbirida qatnashish uchun 14 nafar inson huquqlari himoyachilaridan biri sifatida tanlangan. 2022-yilgi „Future Leaders Invitation Program“ (Kelajak liderlarni jalb qilish dasturi) laureati.
Oʻlim tahdidi Irina Matviyenko 2023-yilning 24-aprel sanasida Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali nomaʼlum shaxs tomonidan o‘lim tahdidiga duch keladi. U bu haqida mahalliy ichki ishlar boʻlimiga 28-aprel kuni xabar beradi. 3-may sanasida esa O‘zbekistonni vaqtincha tark etgani haqida eʼlon qildi.
Tahdid xabari olinganida va undan keyingi kunlarda oʻzini qanday his qilganligi haqida bloger shunday deydi:
OAV feministga qilingan tahdidga sabab oʻlaroq Xorazm viloyatidagi mansabdor shaxslarning 3 nafar voyaga yetmagan qizlarga nisbatan jinsiy zoʻravonlik qilgan holatini keltirishadi. Chunki aynan nemolchi.uz loyihasi ushbu zoʻravonlik haqida eng birinchilardan boʻlib bong urib chiqqan nashrlardan biri boʻlgan.
Zoʻravonlikka uchragan qizlarga nisbatan deputatlarning pozitsiyadan xafsalasi pir boʻlgan Matvienko shunday deydi:
Mukofotlari Bloger 2020-yilning 7-dekabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Adliya vazirligi tashabbusi bilan „Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida“gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan „Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan. Bu unvon bilan taqdirlanganlar bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantirilishadi.
Manbalar
Havolalar Irina Matviyenkoning shaxsiy Facebook sahifasi Irina Matviyenkoning shaxsiy Instagram sahifasi
Turkum:Oʻzbekistonlik blogerlar Turkum:Feministlar Turkum:Agnostiklar