Sayyid Ajall Shamsiddin Umar al-Buxoriy (; ; 1211—1279) — Xitoyning moʻgʻullar boshchiligidagi Yuan sulolasi tomonidan tayinlangan Yunnanning birinchi provinsiya gubernatori.
Hayoti Shamsiddinning kelib chiqishi Oʻrta Osiyolik eroniy boʻlib, musulmon davlat boʻlmish Xorazmshohlar davlatining Buxoro shahrida tugʻilgan (hozirgi Oʻzbekistonga toʻgʻri keladi). Xorazmshohlar va moʻgʻullar oʻrtasidagi urush vaqtida Chingizxonning shaharga hujum qilgach, Sayyid Ajall Shamsiddin Umarning oilasi unga taslim boʻladi. U Ali ibn Abu Tolib va Muhammad paygʻambar avlodidan boʻlgan. Sayyid Ajallning otasi Kamoliddin, bobosi esa Shamsiddin Umar al-Buxoriy boʻlgan. Marshall Broomhallning yozishicha, „Buxorolik Shamsiddin Muhammad paygʻambarning yigirma yettinchi avlodi“. Sayyid Munkexonning Sichuanni zabt etishida qatnashdi va logistika ishlarini boshqardi. U Yanjindagi (hozirgi Pekin) Yuan sulolasi saroyida xizmat qildi. Keyinchalik 1274-yilda Dali qirolligini zabt etgandan soʻng Xubilayxon tomonidan Yunnanga yuborilgan Sayyid 1259-yilda imperator moliya ishlarini boshqardi(Original from the University of California). Oʻlimidan soʻng Sayyidga Chjxunyi (忠懿) nomi berildi.
Gubernatorlik davridagi siyosati Sayyid Ajall hozirgi Kunmin shahri oʻrnida „Chjunjin Chen“ deb nomlangan „xitoycha uslubdagi“ shaharga asos soldi. Shaharda buddistlar, konfutsiylar ibodatxonalari va ikkita masjid qurishni buyurgan. Islom, xristianlik, buddizm, daosizm va konfutsiylikni targʻib qilish moʻgʻul diniy siyosatining bir qismi boʻlganPeter Jackson, 2004. "Validation by Holiness or Sovereignty: Religious Toleration as Political Theology in the Mongol World Empire, ". The International History Review, Vol. 26, No. 2, pp. 237-256 Sayyid Ajalll 1274-yilda Yunnandagi ilk Konfutsiy ibodatxonasini qurdi.. Keyinchalik bu ibodatxona maktab vazifasini oʻtagan.
Sayyid Ajall Yunnanda boʻlgan davrida „rivojlantirish missiyasi“ doirasida Islomni ham, konfutsiylikni ham targʻib qildiAtwood, Christopher P. "Sayyid Ajall 'Umar Shams-ud-Din." Encyclopedia of Mongolia and the Mongol Empire. New York: Facts On File, Inc., 2004. Ancient and Medieval History Online. Facts On File, Inc. http://www.fofweb.com/History/MainPrintPage.asp?iPin=EME454&DataType=Ancient&WinType=Free (accessed July 29, 2014).. Sayyid Ajall Yunnanni „qoloq va vahshiy“ deb hisoblagani bois bu hududni „rivojlantirish“ uchun konfutsiylik, islom va buddizmdan foydalandi.
Yunnanda islom dinining mavjudligi Sayyid Ajall bilan bevosita bogʻliq. Sayyid Ajall birinchi boʻlib Yunnanga islomni olib kirdi. U konfutsiylik ibodatxonalari va masjidlarni qurishga buyruq berib, konfutsiylik va islomni targʻib qildi(Original from the University of Virginia). Sayyid Ajall Yunnanda ham konfutsiy taʼlimini joriy qildirganThe Hui ethnic minority.
Shamsiddin Yunnan shahrida koʻplab Konfutsiy ibodatxonalarini qurdirdi va konfutsiy taʼlimini targʻib qildi. Shuningdek, Shamsiddin Yunnan provinsiyasida xitoylashtirish siyosatini yoyishga katta hissa qoʻshgani bilan mashhur. Xitoy ijtimoiy tuzilmalari, xitoycha dafn va nikoh odatlari mahalliy aholiga Sayyid Ajall tomonidan yoyilgan.
Sayyid Ajallning Yunnanda konfutsiychilik va taʼlimni targʻib qilish siyosatidan maqsad mahalliy „varvarlar“ ni „madaniylashtirish“ edi. Sichuanlik olimlar tomonidan yangi tashkil etilgan maktablarda oʻquvchilarga konfutsiy marosimlari ham oʻrgatildi. Mahalliy rahbarlarga „varvar“ kiyimlari oʻrniga Sayyid Ajall tomonidan boshqa kiyim-bosh sovgʻa qilingan.
Marko Polo ham, Rashiduddin ham Yuan sulolasi davrida Yunnan aholisi orasida koʻp musulmonlar boʻlganini, Rashiduddin esa aholisining barchasi musulmon boʻlgan shaharni „buyuk Yachi shahri“ deb nomlaganini qayd etgan(Original from the University of Virginia). Yachi asosiy aholisi Huilardan tashkil topgan Dali shaharlaridan (Ta-li) biri boʻlgan deb taxmin qilinadi(Original from the University of Virginia).
Uning oʻgʻli Nasriddin Sayyid Ajall vafotidan keyin 1279-yilda Yunnan hokimi boʻldi( )(Original from the University of Virginia).
Sayyid Daxueshi masjidi va Siandagi katta masjid kabi koʻplab masjidlarni taʼmirlab, qurdirgan. Sian shahridagi Daxueshi xiyobonidagi masjidda 1523-yilda oʻrnatilgan stela mavjud boʻlib, u masjidning islohoti va qurilishidan dalolat beradi.
Oilasi Sayyid Ajallning katta oʻgʻli Nasrisddin(). Sayyid Ajallning yettinchi avlodi Sayyid Hojiga borib taqaladi.
Sayyid Ajall Muhammad paygʻambarning yigirma oltinchi va Su fei-erhning beshinchi avlodi. Jami beshta oʻgʻli bor. „Islomning magnit ignasi“ asarining muallifi Ma Chu (1630—1710) Sayyid Ajall avlodidan boʻlgan. Sayyid Ajallning avlodlariga misol qilib, oʻn beshinchi avlodi — Ma Chju va yigirma beshinchi avlodi — Ma Dexinni keltirish mumkin.
Sayyid Ajall butun Xitoy boʻylab koʻplab musulmonlarning ajdodi hisoblanadi.
Uning eng mashhur avlodlaridan biri Chjan XeShih-Shan Henry Tsai: Perpetual Happiness: The Ming Emperor Yongle. Washington Press 2002, p. 38 ().
XIII asrda alohida musulmonlarning taʼsiri, ayniqsa Sayyid Ajall Shamsiddin Umarning taʼsiri juda katta boʻlib, u milodiy 1279-yilda Yunnan shahrida vafotigacha moʻgʻul xonlariga xizmat qilgan. Uning oilasi Yunnanda hamon yashab kelmoqda(Original from Harvard University).
Manbalar
Havolalar Shamsiddin va uning avlodlari tarixi xitoy tilida Turkum:Buxorolik kishilar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:1211-yilda tugʻilganlar Turkum:1279-yilda vafot etganlar