Yuriy Vladimirovich Fray (3-may, 1968-yil, Navoiy, Oʻzbekiston SSR) — rossiyalik kudo ustasi, murabbiy, oʻqituvchi, sport funksioneri, siyosatchi va jamoat arbobi. Rossiya Kudo Federatsiyasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi, Markaziy va Shimoliy-Gʻarbiy federal okruglar Kudo federatsiyalari rahbari. „Derjava“ litseyi direktori (2002—2010), „Derjava“ yoshlar sport maktabi direktori (2011-yildan). Oltinchi (2010—2015) va yettinchi (2015—2020) chaqiriq Obninsk shahar assambleyasining deputati.

Biografiyasi Yuriy Fray 1968-yil 3-mayda O‘zbekistonning Navoiy shahrida tug‘ilgan. 1976-yilda Navoiy shahrida birinchi sinfni tugatgach, oilasi bilan Kaluga viloyati Obninsk shahriga koʻchib ketgan. 1976—1983-yillarda Obninsk 10-maktabda, 1983—1985-yillarda 11-maktabda oʻqigan.

11-maktabda oʻqiyotganida maktab teatridagi chiqishlarda qatnashgan. Teatr maktabiga kirishga harakat qilgan, ammo tanlovdan oʻta olmagan. Keyin Sovet Armiyasiga xizmatga chaqirildi. Armiyadan soʻng teatrga kirish istagi yoʻqoldi va Fray Obninsk atom energiyasi institutiga oʻqishga kirdi. Oʻqishni tugatgach, Obninskdagi Tibbiy radiologiya institutida muhandislik guruhi aʼzosi boʻlib ishladi.

Bolaligidan u sport, jumladan boks, basketbol, yengil atletika, bal raqsi bilan shugʻullangan. Armiyadan keyin esa karate va qoʻl jangi bilan shugʻullangan. 1994-yilda kudo sport turi Rossiyaga kirib keldi va Kray ushbu sport bilan shugʻullana boshlagan.

2002-yilga qadar Obninsk 15-sonli maktabda murabbiy va yarim stavkada direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 14- va 15-maktablarni birlashtirish rahnamolaridan biri boʻlgan. Alaloqibat „Derjava“ litseyi tashkil etilgan.

2002—2010-yillarda Obninsk „Derjava“ litseyi direktori boʻlgan. Bu davrda Yuriy Fray boshchiligida litsey hududida sunʼiy qoplamali yangi futbol stadioni qurildi, oʻq otish hududi qayta tashkil etildi (u yerda maishiy kimyo mahsulotlari ombori joylashgan), litsey sherikliklari rivojlantirildi va vasiylar kengashi tuzildi.

2010-yilda Obninsk shahar Assambleyasining oltinchi chaqirigʻiga (2010—2015) saylangan.

2011-yilda „Derjava“ litseyi, „Derjava“ bolalar va oʻsmirlar sport maktabidan ajratilgan yangi shahar qoʻshimcha taʼlim muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi.

Davlat ijrochi xodimlar institutining davlat va shahar boshqaruvi fakultetini tamomlagan.

Rossiya sport ustasi, oliy toifali murabbiy-oʻqituvchi.

Obninsk Jismoniy tarbiya va sport jamoat komissiyasi raisi.

Markaziy va shimoli-gʻarbiy federal okruglarning Kudo federatsiyalari rahbari. Rossiya Kudo Federatsiyasi vitse-prezidenti va Bosh kotibi.

Qora kamar egasi. „Yedinaya Rossiya“ partiyasining aʼzosi.

Obninskdagi TOS 51-52 kvartallar Prezidiumi aʼzosi.

Oilasi

Turmush oʻrtogʻi — Natalya Viktorovna Fray (1975—2012) — Rossiya Kudo Federatsiyasi kotibi. Ogʻir kasallikdan soʻng vafot etgan. Ikki qiz, bir oʻgʻil .

Mukofotlar va unvonlari

Rossiya sport ustasi Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy (2011)

Taniqli shogirtlari

Gleb Molotkov (1981-yil tugʻilgan) — kudo boʻyicha Rossiya chempioni (2004) . Mixail Bida (1987-yil tugʻilgan) — kudo boʻyicha Yevropa chempionati kumush medali sovrindori, Rossiya kubogi gʻolibi (2007).

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Yuriy Fray Obninsk shahar assambleyasining veb-saytida Yuriy Fray Obninsk shahri maʼmuriyatining veb-saytida Yuriy Fray Rossiya Kudo Federatsiyasi veb-saytida Yuriy Fray Kudo Club veb-saytida Fray Yuriy Vladimirovich — Obninsk shahridan KUDO afsonasi. Biografiya va sport yutuqlari.

Turkum:Rossiya sport ustalari Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:3-mayda tugʻilganlar