Yuriy Georgievich Sirota (; 1960-yil 26-aprelda tugʻilgan) – sovet va rossiyalik professional sobiq futbolchisi, hujumchi ampulasida oʻynagan. FC Atommash / Volgodonsk klubi tarkibida 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan. SSSR sport ustasi.

Biografiya 1970-yillarning oxirida professional darajasida ikkinchi ligadagi „Toʻqimachi“ ( Namangan) jamoasida faoliyatini boshlagan.

1982-yildan boshlab „Atommash“ jamoasida (keyinchalik „Volgodonsk“ futbol klubi nomini olgan) toʻp surgan. Jamoada tanaffuslar bilan 15 mavsumni oʻtkazib, shu davr mobaynida SSSR va Rossiya chempionatlarida 428 ta oʻyin oʻtkazgan hamda 129 ta gol urgan. Bir necha bor mavsumda 10 tadan ortiq gol kiritgan. Shaxsiy rekordini esa 1990-yilgi mavsumda 21 ta gol kiritib oʻrnatgan. SSSR ikkinchi ligasi mintaqaviy turnirining bronza medali sohibi (1984), Rossiya uchinchi ligasi mintaqaviy turnirining bronza medali sohibi (1995).

„Volgodonsk“ professional maqomini yoʻqotgandan soʻng, 1997-yilda professional faoliyatini yakunlagan. Keyinchalik havaskorlar darajasida oʻynashni davom ettirgan. 2003-yilda „Atom“ jamoasi tarkibida Rostov viloyati chempionatining birinchi ligasida gʻoliblikni qoʻlga kiritganUchastnik Chempionata Volgodonska po futbolu: „Atom“ – eto sila, energiya i jizn.

Manbalar

Havolalar

Turkum:26-aprelda tugʻilganlar Turkum:1960-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Atommash futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FC Volgodonsk futbolchilari