Komiljon Tojiboyev (1974-yil, Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumani) – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi (2017), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi botanika instituti rektori. Biografiyasi Komiljon Tojiboyev 1974-yil Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tavallud topgan. Namangan Davlat universitetida tahsil olgan. Keyinchalik 1999-yilda Fanlar akademiyasining Botanika institutiga aspiranturaga qabul qilinganidan soʻng, uning ilmiy ishlariga professor Hasanov Oʻrinboy Hasanovich, professor Toshxonim Raximova, professor Allanazarova Oʻgʻilshod, professor Xasanov Furqat Oʻrinboyevich kabi ustozlar rahbarlik qilishgan. Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori sifatida ishlagan va Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobining asosiy mualliflaridan biri, uning tadqiqotlari natijasida 20 ga yaqin yangi oʻsimlik turlari fanga kiritilgan. Markaziy Osiyo xududida asason Fargʻona vodiysida 40 dan ortiq yangi oʻsimliklarni kashf etdi. Akademik Tojiboyev oʻzbek botaniklar jamoyatini tashkil etdi, unga viloyatlardagi olimlarni jalb qildi. 2017-yilda Oʻzbek biologari delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shenchjen shahrida oʻtgan ana shu yirik anjumanda qatnashdi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Namangan kishilari Turkum:Namangan davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Toʻraqoʻrgʻonda tugʻilganlar Turkum:Professorlar