YaQIYN (arab. ^ 1 - ishonch) - islom dini manbalarida ishonch uch darajaga boʼlingan: 1. Ilmu-l-yaqiyn - bunda biror bir xabar eshitib yoki oʼqib bilinadi, lekin oʼsh a xabarning rost yoki yolgʼonligi aniqlanmagan boʼladi. Bunday bilim aql yoʼli orqali hujjat-dalilga asoslangan bilimdir. 2. Аynu-l-yaqiyn - bunda eshitib yoki oʼqib bilingan narsani koʼz bilan koʼrib ishonch hosil qilinadi, lekin bu ishonch hali mukammal emas. 3. Haqqu-l-yaqiyn - bunda eshitib yoki oʼqib, soʼng koʼz bilan koʼrgandan keyin oʼsha narsani qoʼl bilan ushlab koʼrish, isteʼmol qilish va boshqa sinov yoʼllari bilan uning haq ekaniga qanoat hosil qilinadi Hakim Termiziy. Navodir al-usul. - Bayrut, 2010; Xdkim Termiziy.Xatm al-avliyo. - Bayrut, 1965 Kalobodiy, Аbu Bakr. at-Taarruf li-mazhab ahl at-tasavvuf. - Qohira, 1994; Аbu Nasr Sarroj Tusiy. al Luma*. - Qohira, 1960; Hujviriy. Kashf al-mahjub. - Misr, 1974. T.N .; Shihobuddin Suhravardiy. Аvorif al-maorif. - Bayrut, 1992; Lisoniddin Xatib. Ravzat at-taʼrif bi-l-hubb ash-sharif. - Qohira, 1966; Muhammad Аnvar Badaxshoniy. Аkidatut-Tahoviya sharhiningtalxisi.-Toshkent, 2014. Manbalar

Turkum:Tasavvuf