Ahliddin Shukurovich Isroilov (1994-yil 16-sentyabrda tugʻilgan, Qora-Suv, Oʻsh viloyatida tavallud topgan) — qirgʻizistonlik professional futbolchi. 2022-yildan Qoʻchqorotaning „Neftchi“ klubida oʻynaydi va Qirgʻiziston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi sifatida toʻp suradi.

Klub faoliyati left|thumb| Isroilov „Dinamo-2“da (2014-yil 2 noyabr) Ahliddin futboldagi faoliyatini „Abdysh-Ota“ klubi akademiyasida oʻqish bilan boshlagan.

2008-yil boshida Rossiyadagi yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi oʻtkazilgan turnirida 13 yoshli futbolchi Kiyevning „Dinamo“ jamoasining eʼtiboriga tushadi va uni oʻz akademiya maktabiga olib ketdi. 2008-yildan 2011-yilgacha u Oʻsmirlar chempionatida Kiyevning „Dinamo“ jamoasining yoshlar klubida toʻp surgan. Yoshlar oʻrtasidagi turnirlarda bir necha bor eng yaxshi futbolchi yoki hujumchi sifatida tan olingan. 2008/09-yilgi mavsumning oʻsmirlar chempionatida (U-15) eng yaxshi hujumchisi deb tan olindi.

Isroilov 2012-yilning yozidan „Dinamo-2“ farm jamoasi tarkibiga qoʻshildi. Ahliddin „Dinamo“ning ikkinchi jamoasidagi debyutini 2012-yil 15-oktyabrda „Nikolaev“ klubiga qarshi oʻyinda kiyevliklarning 1:2 hisobida magʻlubiyati bilan yakunlangan oʻyinda oʻtkazgan edi. 2013-yil 2-may kuni Isroilov „Odessa“ jamoasiga qarshi oʻyinda ikkita gol urdi va kiyevliklar 3:0 hisobida gʻalaba qozonishdi. Isroilov jamosi bilan mavsum yakunida musoboqada oʻz oʻrnini saqlab qolish uchun pley-off bosqichida ikkala oʻyinini ham Sverdlovskning „Shaxtyor“ klubiiga qarshi oʻtkazdi. U 2016-yil iyun oyida jamoa faoliyatini tugatgunga qadar Dinamoning ikkinchi jamoasida oʻynadi. 2016-yilning 20-iyulida u Ukraina birinchi ligasi yetakchi jamoalaridan biri „Cherkasy Dnepr“ klubi bilan shartnoma imzoladi. „Cherkasy“ jamoasi tarkibida u birinchi liga turnirida 7 ta oʻyin oʻtkazib, „Gornyak-Sport“ jamoasiga gol urdi, shuningdek, „Cherkasy Dnepr“ jamoasi bilan Ukraina kubogida 1 ta oʻyinida qatnashib, gʻalaba golini kiritdi. 2017-yilning aprelida klub bilan oʻzaro kelishuvga koʻra u shartnomani bekor qilgan, shundan soʻng yozgi transfer oyigacha oʻyin oʻtkazmadi. Oʻsha yilning oktabr oyidagina Isroilov Hindiston chempionatining ikkinchi divizionida toʻp surayotgan „Nerok“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2019-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Superligasi vakili Andijonning „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Andijon jamoasidagi raqobat tufayli asosiy tarkibda kam maydongga tushdi va yozgi transfer oynasida jamoani tark etdi.

Terma jamoa 2014—2016-yillar oraligʻida Isroilov Qirgʻiziston yoshlar terma jamoasida bir necha uchrashuvlarda oʻynagan.

2013-yilning 11-oktyabr kuni 19 yoshli Isroilov Qirg‘iziston terma jamoasida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilib, jamoasining yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Ahliddin 68 daqiqani maydonda oʻtkazib, asosiy tarkibda maydonga tushdi, oʻyin davomida uning oʻrniga Ilgar Nabiyev tushdiPoluzaщitnik „Dinamo-2“ debyutiroval v sbornoy Kirgizstana . Tojikiston terma jamoasi bilan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida u debyut golini kiritdi. Quvaytga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida u ikkinchi golni urdi, oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi.

Osiyo Kubogi-2019 uchun terma jamoaga qaydnomasidan oʻrin olgan. 7-yanvar kuni Qirgʻiziston terma jamoasining Osiyo kubogida Xitoyga qarshi oʻyindagi ilk golini kiritdi. Turnirda u jamoasining barcha toʻrtta uchrashuvida qatnashib, bitta gol muallifiga aylandi.

Manbalar

Havolalar

Ahlidin Israilov Soccerway saytida

Ahlidin Israilov Footballdatabase saytida Ahlidin Israilov

Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:16-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Oʻsh viloyati kishilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Qirgʻizistonlik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukraina Birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Ikkinchi ligasi futbolchilari Turkum:I-liga futbolchilari Turkum:Liga 1 (Indoneziya) futbolchilari Turkum:Malayziya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Cherkashchyna futbolchilari Turkum:NEROCA FC futbolchilari Turkum:PSIS Semarang futbolchilari Turkum:UiTM United futbolchilari Turkum:Samut Sakhon City F.C. futbolchilari Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Indoneziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Tailanddagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Osiyo Kubogi 2019 futbolchilari Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar