Vitaliy Alekseyevich Rudenchenko (1940-yil 3-fevral, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR — 1985-yil 13-noyabr, Ufa, Boshqirdiston, Rossiya Federatsiyasi) — rus rassomi. 1975-yildan Rassomlar uyushmasi aʼzosi, Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Ilishevsk tumani faxriy fuqarosi. „Malyarlar“ (; 1974), „Ekspluatatorlar“ (; 1977), „Burgʻilash ustasi A. S. Kostelevskiy brigadasi“ (; 1978—1979), „Arlanneft“ neft va gaz qazib olish boshqarmasi boshligʻi N. S. Knyazev (; 1978), Respublikada xizmat koʻrsatgan neftchi P. R. Mannanov“ (; 1979), „Operator S. N. Matveyeva“ (; 1980), „Muloqot“ (; 1983), „Qishloq chekkasi“ (; 1983), „Kechki soat beshda“ (; 1984) kabi mashhur suratlar muallifi.
Tarjimayi holi Vitaliy Rudenchenko 1940-yil 3-fevral Oʻzbekiston SSR, Andijon viloyati, Andijon shahrida tavallud topgan. 1966-yili Toshkent shahridagi Pavel Petrovich Benokov nomidagi rassomchilik bilim yurtini tugatgan. 1974-yilda Rudenchenko Ufaga keladi va bu yerda „Arlan neftchilari“ () mavzusidagi diplom ishi uchun material toʻplaydi. 1974-yilda Ilya Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, haykaltaroshlik va meʼmorchilik instituti (hozirgi Sankt-Peterburg Badiiy sanʼat akademiyasi) rang-tasvir fakultetini tamomlagan. Rassomning diplom ishi Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Neftekamsk shahridagi neftchilar madaniyat saroyi uchun „Neftchilar“ () pannosining eskizlari boʻlgan. Boshqirdistonning poytaxti Ufadagi Ilishevsk tumanida yashab, u yerdagi neft konlariga tashrif buyurgan, burgʻilash ishida ishlovchi ishchilar orasida yashaydi. Rassom o‘z asarlarida zamondoshlarining obrazlarini jonlantirib, asosan portretlar chizgan. Rudenchenko 1970—1980-yillardagi boshqird tasviriy sanʼatining yetakchi namoyandalaridan biri hisoblanadi. Ayrim rasmlari 1983-yilda Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining Verxneyarkeyevo () qishlogʻida rasmlar galereyasiga asos solinishiga sababchi boʻlgan.
Rassom 1985-yil 13-noyabrda Ufa shahrida avtohalokat natijasida vafot etgan.
Rudenchenkoning suratlari Mixail Vasilyevich Nesterov nomidagi Boshqird davlat sanʼat muzeyida hamda Boshqirdiston respublikasi Ufa, Neftekamsk, Amzyada joylashgan rasmlar galereyasi va xususiy kolleksiyalarda saqlanmoqda. Manbalar
Turkum:Andijonda tugʻilganlar Turkum:Rassomlar Turkum:Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bitiruvchilari