Dostonbek Otabolayev (1993-yil 5-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Fargʻona viloyatida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik karatechi.
Biografiyasi 2021-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 75 kg vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Karate boʻyicha Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi birinchi jahon chempioni. Xalqaro toifadagi sport ustasi va toʻrtinchidan qora belbogʻ sohibi. Karate boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi sardori. 2022-yilgi Jahon oʻyinlarida Oʻzbekiston karatesi tarixida ilk bor bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2016-yilda Portugaliyaning Braga shahrida talabalar oʻrtasida boʻlib oʻtgan karate boʻyicha jahon chempionatida 75 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, erkaklar oʻrtasida 75 kg vazn toifasida Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida boʻlib oʻtgan 2017-yilgi Islom birdamlik oʻyinlarida bronza medaliga ega chiqqan.
2018-yilda Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 75 kg vazn toifasidagi musobaqalarda ishtirok etdi va ilk uchrashuvda bronza medali sohibi iordaniyalik Bashar Al-Najjarga imkoniyatni boy berdi. 2019-yilda O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida karate boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida jamoaviy bahslarda bronza medalini qoʻlga kiritgan.
2021-yil iyun oyida Dostonbek Otabolayev 2020-yilda Yaponiyaning Tokio shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritish maqsadida Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtgan Jahon Olimpiya saralash turnirida ishtirok etdi, biroq Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmadi.
Dostonbek, shuningdek, Karate 1 Premer ligasining bir qancha musobaqalarida ham ishtirok etgan va bir qator medallarni qoʻlga kiritgan,, , .
Manbalar
Turkum:21-asrdagi Oʻzbekistonlik insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston karatechilari