Sirojiddin Qoʻziyev (1996-yil 1-sentyabrda tugʻilgan) Oʻzbek futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi. Hozir Hindistonning „Bengaluru“ futbolchisi.

Faoliyati Katta futboldagi faoliyatini Qarshining „Nasaf“ klubida boshlagan dastlabki mavsumlarida kam maydonga tushgan boʻlsada, oʻzining jamoaviy ilk sovrinlarini qoʻlga kiritdi. 2018-yilda oʻsib borayotgan raqobat tufayli Termizning „Surxon“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Surxon tarkibida yarim mavsum davomida harakat qilib, yana Qashaqadaryoga, bus safar Muborakning „Mash’al“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Muborakliklar safida 4 mavsum davomida harakat qildi. Jamoaning Oʻzbekiston Pro ligasida gʻolib boʻlib, Superligaga yoʻllanma olishida katta hissa qoʻshdi. 2022-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubidan tushgan taklifni qabul qilib, shartnoma imzoladi. Jamoaviy hisobda katta yutuqlarga erishmagan boʻlsada, Sirojiddin jamoaning 3 toʻpuraridan biriga aylandi. 2023-yilgi mavsum oldidan ungga Malaziya yuqori ligasi vakili „Kuching sity“ klubidan taklifini qabul qilib, shartnoma imzoladi.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2017 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2016 Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin:2016 Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2016 Oʻzbekiston Pro ligasi chempioni: 2019 Oʻzbekiston Pro ligasi Ikkinchi oʻrin:2018

Manbalar

Havolalar

Sirojiddin Qoʻziyev Soccerway saytida Sirojiddin Qoʻziyev Transfermarkt saytida

Turkum:1996-yilda tugʻilganlar Turkum:1-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Surxon klubi futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Kuching City F.C. futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:Bengaluru FC futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Pro ligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Hindiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Hindistondagi muhojir erkak futbolchilar