Starboy — kanadalik qo'shiqchi The Weekndning XO va Republic Records leybllari orqali 2016-yil 25-noyabrda chiqargan uchinchi studiyaviy albomi. Unda Daft Punk, Lana Del Rey, Kendrick Lamar va Future mehmon qo'shiqchi sifatida ishtirok etgan. Albomning ijrochi prodyuserlari sifatida ishlagan The Weeknd va Doc McKinney loyihaga Diplo, Cashmere Cat, Metro Boomin, Frank Dukes va Labrinth kabi turli produserlarni jalb qilishdi.

Starboy'da yettita singl mavjud. Ularning orasiga AQShning Billboard Hot 100 roʻyxatida birinchi oʻrinni egallagan “Starboy” va “Die for You” (bu trekning Ariana Grande bilan remiks variantidan soʻng chartda birinchi oʻrinni egalladi) va kuchli beshlikdan o'rin olgan “I Feel It Coming” kiradi. Albom tanqidchilarning ijobiy baholarini oldi va 348 000 ta albom ekvivalenti (shundan 209 000 tasi sof) sotuvlari bilan AQSh Billboard 200 ro'yxatida birinchi o'rinni egalladi. U Billboard'ning Canadian Albums Chart'iga birinchi o'rinni egallagan holda kirib keldi. Starboy 2018-yilda 60-Grammy mukofotida “Best Urban Contemporary Album” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi, bu The Weekndning ushbu nominatsiyadagi ikkinchi g‘alabasi edi. 2022-yil aprel holatiga ko'ra, albom Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan to'rtta platina sertifikatiga ega. 2023-yilda The Weeknd albomning lyuks versiyasini chiqardi, unda avvalroq remiks qilingan uchta qo'shimcha trek mavjud: "Starboy" (Kygo remiks), "Die For You" (Ariana Grande bilan) va "Reminder" (ASAP Rocky va Young Thug bilan).

Tarixi Oldingi „Beauty Behind the Madness“ (2015) albomining tijorat muvaffaqiyatidan soʻng, The Weeknd oʻzining uchinchi studiyaviy albomining chiqarilishiga ishora qildi va 2016-yil 12-martda Instagram postida buni musiqa yoʻlining navbatdagi „boʻlimi“ deb atadi. 24-avgust kuni Republic Recordsning ijrochi vitse-prezidenti Wendy Goldstein Billboard nashriga bergan intervyusida The Weeknd fransuz elektron dueti Daft Punk bilan hamkorlik qilishini tasdiqladi. 7-sentabr kuni The Weeknd VMan bilan suhbat chogʻida albom ishlab chiqarilayotganini va unga Prince, The Smiths, Talking Heads va Bad Brainsning taʼsiri borligini maʼlum qildi. Keyinchalik u Billboard ga bergan intervyusida albomning umumiy mavzusi va qoʻshimcha taʼsirlarni ochib berdi:

The Weeknd oʻzining uchinchi studiyaviy albomining nomi va chiqish sanasini (25-noyabr) 21-sentabrda rasman eʼlon qildi. Albom muqovasi Nabil Elderkin tomonidan suratga olingan va loyihalashtirilgan boʻlib, uning CD-bukletida Elderkin tomonidan suratga olingan The Weekndning oʻn bitta portreti mavjud. 2020-yilda Variety nashriga bergan intervyusida The Weeknd albom muqovasidagi xoch tasviri qayta tugʻilish ramzi ekanligini aytdi.

Tarkibi Asosan R&B, pop va trap yozuvi, Starboy oʻzida nyu-veyv, diskoteka, dens-pank, elektro-rok, elektropop, elektro-dens, 2-step, va disko-haus janrlari elementlarini jamlagan. Lirik mavzular orasida mashhurlarning isrofgarchiligi, maqtanchoqlik, romantika va materializm kiradi.

Targ'ib

Singllar 2016-yil 21-sentabrda albomning asosiy singli „Starboy“ musiqiy doʻkonlar va striming xizmatlarida raqamli ravishda chiqarildi. Qoʻshiqda fransuz elektron dueti Daft Punkning mehmon sifatida ishtirok etgan. Qo‘shiq uchun klip premyerasi 28 sentyabrda bo‘lib o‘tdi Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egalladi.

„I Feel It Coming“ albomning ikkinchi singli sifatida 2016-yil 24-noyabrda Britaniyaning zamonaviy xit radiosiga, keyinroq esa 2016-yil 6-dekabrda ritmik zamonaviy radioga taqdim etildi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egalladi.

„Party Monster“ albomning uchinchi singli sifatida 2016-yil 6-dekabrda zamonaviy shahar radiosida chiqarildi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 16-oʻrinni egalladi.

„Reminder“ 2017-yil 9-mayda ritmik zamonaviy radioda albomning toʻrtinchi singli sifatida Qoʻshma Shtatlarda chiqarildi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 31-oʻrinni egalladi.

„Rockinʼ“ albomning beshinchi xalqaro singli sifatida 2017-yil 9-may kuni Fransiyada zamonaviy xit radiosida chiqdi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 44-oʻrinni egalladi.

„Die for You“ 2017-yil 19-sentabrda beshinchi singli sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi ritmik zamonaviy radioda chiqarildi. Qoʻshiq dastlab Billboard Hot 100 roʻyxatida 43-oʻrinni egalladi va 2023-yil yanvarida oltinchi oʻringacha koʻtarildi. Ariana Grande ishtirokidagi remiksdan so‘ng qo‘shiq 2023-yil mart oyida Billboard Hot 100 ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi.

„Secrets“ albomning yettinchi va oxirgi xalqaro singli sifatida 2017-yil 10-noyabrda Italiya radiosida taqdim etildi. Qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatida 47-oʻrinni egalladi.

Chiqishlar The Weeknd Saturday Night Livening 42-mavsum premyerasida musiqiy mehmon boʻldi. U „Starboy“ va „False Alarm“ ni ijro etib, albomni targʻib qildi va „Weeknd Update“ sketchida qisqacha kamo rolini oʻynadi va u yerda yangi soch turmagini namoyish etdi. 2016-yil 2016-yil 20-noyabrda The Weeknd American Music Awards marosimida „Starboy“ qo‘shig‘ini kuyladi. Toʻrt kundan soʻng, The Weeknd „I Feel It Coming“ va „Starboy“ qoʻshiqlarini ijro etish uchun Jimmi Fallon ishtirokidagi „The Tonight Show“ ga keladi. 6-dekabr kuni CBS telekanalidagi 2016-yilgi Victoriaʼs Secret moda koʻrgazmasida chiqish qiladi. 2017-yil 12-fevralda The Weeknd va Daft Punk Grammy Awards marosimida chiqish qilishdi.

2016-yil 25-noyabrda albomning barcha treklari Zane Lou bilan intervyu davomida ijro etildi.

Qisqa film 2016-yil 23-noyabrda The Weeknd albom targ‘ibotiga bag‘ishlangan 12 daqiqalik Mania qisqa metrajli filmini namoyish etdi, uning rejissyori Grant Singer edi (bundan tashqari u „Starboy“ klipini ham suratga olgan). Unda Future ishtirokidagi „All I Know“, Kendrick Lamar ishtirokidagi „Sidewalks“, „Secrets“, „Die for You“ kabi qoʻshiqlar mavjud, „Party Monster“ va Daft Punk ishtirokidagi „I Feel It Coming“ mavjud edi. Unda fransuz modeli Anais Mali bosh ayol qahramon rolida.

Tanqidlar Starboy ijobiy sharhlar bilan kutib olindi. Professional nashrlarning sharhlariga 100 balldan meʼyorlashtirilgan reyting beradigan Metacriticda albom 25 ta sharhga asoslanib, oʻrtacha 67 ball oldi. AnyDecentMusic? agregatori tanqidlarga asoslanib, 10 dan 6,4 ball berdi.

Yil yakunlariga oid roʻyxat +Yil yakunlari boʻyicha Starboy reytingi Nashr Roʻyxat Oʻrin Billboard 2016-yilning 50 ta eng yaxshi albomi Complex 2016-yilning eng yaxshi 50 ta albomi Digital Spy 2016-yilning eng yaxshi 20 ta albomi Noisey 2016-yilning 100 ta eng yaxshi albomi Variance 2016-yilning 50 ta eng yaxshi albomi

Mukofotlari +Starboy uchun mukofotlar va nominatsiyalar Yil Mukofot Nominatsiya Natija 2017 American Music Awards Favorite Pop/Rock Album Favorite Soul/R&B Album Billboard Music Awards Top Billboard 200 Album Top R&B Album Juno Awards Album of the Year R&B/Soul Recording of the Year Polaris Music Prize Polaris Music Prize Soul Train Music Awards Album/Mixtape of the Year 2018 Grammy Awards Best Urban Contemporary Album

Tijorat koʻrsatkichlari Qoʻshma Shtatlarda Starboy Billboard 200 roʻyxatiga 348 000 albom ekvivalenti bilan birinchi oʻrinda kirib keldi, bunda 209 000 sof albom sotuvi va 175,2 million strimlar hisoblangan. Bu The Weekndning ketma-ket ikkinchi birinchi oʻrinda chartga qoʻshilgan va 2016-yilning 1-haftasi ichida eng koʻp sotilgan uchinchi eng yirik albomi boʻldi. Albomdagi barcha 18 ta qoʻshiq Billboard Hot 100 roʻyxatiga kiritilgan. Drake 2016-yilning may oyida bir vaqtning oʻzida 20 ta qoʻshigʻini chartga kiritgani sababli, The Weeknd oʻsha paytdagi ikkinchi eng koʻp treki chartdan joy olgan qoʻshiqchiga aylandi. Starboy Billboard 200 roʻyxatida 2017-yilning uchinchi eng muvaffaqiyatli albomi boʻldi. Bundan tashqari, Spotifyda 2017-yilda eng koʻp tinglangan toʻrtinchi albom boʻldi.

2022-yil 5-aprelda Starboy Amerika Qoʻshma Shtatlardagi toʻrt million donadan ortiq sotuvlar va strimlar uchun Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan toʻrtta platina sertifikatiga ega boʻldi.

Treklar roʻyxati

Xodimlar

Cory Bice — yordamchi muhandis Ben Billions — prodyuser , muhandis Benny Blanco — prodyuser Ryland Blackinton — gitarachi Bobby Raps — prodyuser Cashmere Cat — prodyuser , ko-prodyuser , qoʻshimcha vokal Simon Christianson — qoʻshimcha gitarachi Cirkut — ko-prodyuser , muhandis , prodyuser Lana Del Rey — orqa vokal , mehmon qoʻshiqchi Frank Dukes — prodyuser Daft Punk — prodyuserlar, mehmon qoʻshiqchi Diplo — prodyuser Nathan East — bass Adrian Eccleston — akustik gitarachi Future — qoʻshimcha vokal , mehmon qoʻshiqchi Sam Holland — muhandis Paul Jackson Jr. — gitarachi Labrinth — prodyuser Florian Lagatta — muhandis Kendrick Lamar — mehmon qoʻshiqchi Jeremy Lertola — yordamchi muhandis ; qarsaklar Mano — ko-prodyuser , prodyuser Max Martin — prodyuser ; gitarachi Doc McKinney — ijrochi prodyuser, ko-prodyuser , muhandis , prodyuser Raphael Mesquita — muhandis Metro Boomin — prodyuser Ali Shaheed Muhammad — prodyuser Jake One — prodyuser Noah „Mailbox“ Passovoy — muhandis Ali Payami — prodyuser Prince 85 — ko-prodyuser JR Robinson — zarbli asboblar David Schwerkolt — muhandis Josh Smith — muhandis Peter Svensson — gitarachi Swish — prodyuser Kazue Lika Tatsushima — qoʻshimcha vokal The Weeknd — ijrochi prodyuser, ko-prodyuser , prodyuser Dylan Wiggins — bass ; zarbli asboblar ; sintezator bassi Daniel Wilson — qoʻshimcha vokal, qoʻshimcha prodyuser

Chartlar

Haftalik chartlar +Hafta yakunlari boʻyicha Starboyning chartlardagi oʻrni Chart (2016-2023) Eng yuqorioʻrin Greek Albums (IFPI) 8 Japanese Albums (Oricon) 49 Mexican Albums (AMPROFON) 16 Slovak Albums (ČNS IFPI) Note: On the chart page, select SK — Albums — Top 100 under the left field and „201708“ on the field besides the word „Zobrazit“, and then click over the word to retrieve the correct chart data. 1 South Korean Albums (Gaon) 36 Taiwanese International Albums (Five Music) 2

Yil yakunlari boʻyicha chartlar + 2016-yil yakunlari boʻyicha Starboyning chartlardagi oʻrni Chart (2016) Oʻrin Australian Albums (ARIA) 51 Australian Urban Albums (ARIA) 9 Belgian Albums (Ultratop Flanders) 107 Danish Albums (Hitlisten) 36 Dutch Albums (Album Top 100) 48 French Albums (SNEP) 97 Icelandic Albums (Plötutíóindi) 30 Swedish Albums (Sverigetopplistan) 44 UK Albums (OCC) 52

+2017-yil yakunlari boʻyicha Starboyning chartlardagi oʻrni Chart (2017) Oʻrin Australian Albums (ARIA) 27 Australian Urban Albums (ARIA) 4 Belgian Albums (Ultratop Flanders) 47 Belgian Albums (Ultratop Wallonia) 128 Canadian Albums (Billboard) 2 Danish Albums (Hitlisten) 3 Dutch Albums (Album Top 100) 28 French Albums (SNEP) 40 Icelandic Albums (Plötutíóindi) 19 Italian Albums (FIMI) 62 Mexican Albums (AMPROFON) 67 New Zealand Albums (RMNZ) 13 Swedish Albums (Sverigetopplistan) 5 Swiss Albums (Schweizer Hitparade) 76 UK Albums (OCC) 26 US Billboard 200 3 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 4

+2018-yil yakunlari boʻyicha Starboyning chartlardagi oʻrni Chart (2018) Oʻrin Australian Albums (ARIA) 91 Canadian Albums (Billboard) 28 Danish Albums (Hitlisten) 36 Icelandic Albums (Plötutíóindi) 71 South Korean International Albums (Gaon) 89 Swedish Albums (Sverigetopplistan) 58 US Billboard 200 49 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 28

+2019-yil yakunlari boʻyicha Starboyning chartlardagi oʻrni Chart (2019) Oʻrin Belgian Albums (Ultratop Flanders) 192 Danish Albums (Hitlisten) 65 US Billboard 200 98

+2020-yil yakunlari boʻyicha Starboyning chartlardagi oʻrni Chart (2020) Oʻrin Belgian Albums (Ultratop Flanders) 103 Danish Albums (Hitlisten) 53 Swedish Albums (Sverigetopplistan) 98 US Billboard 200 95 US Top R&B/Hip-Hop Albums (Billboard) 84