Grammatikada vosita kelishigi yoki vosita-qurol kelishigi gapdagi shaxsning biror ish-harakatni bajarishida vosita sifatida ishlatilinadigan otga (yaʼni vositaga) qoʻshiladigan kelishik qõshimchasidir. Misol: „Oʻquvchi qalamla yozmoqda“; bu gapda shaxs – oʻquvchi boʼlib, qalam soʼziga (xuddi Turkchadagi kabi) qoʼshimchasining qoʻshilgani qalamning vosita ekanligini anglatadi. Vosita kelishigi turkiy tillar taraqqiyotining qadimgi davrlariga xos boʻlgan. Vosita kelishigining shakli Qadimgi Turk tilida qoʻshimchalari bilan hosil boʻlgan: arzu+n, adaq+in, til+in, qol+un, köz+ün kabi. Bu kelishik Oʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tilning boshqa yodgorliklarida, „Qutadgʻu bilig“ va „Devonu lugʻatit-turk“ asarlarida ancha keng isteʼmolda boʻlib, vositani bildirishdan tashqari boshqa, ancha keng maʼnolarga ham ega boʻlgan. Masalan: 1. Qurolni, vositani bildiradi, yaʼni ish-harakatning amalga oshuvi vosita kelishigidagi soʻzning ifodalagan narsasi yordamida, vositasida boʻladi: Az tutuqigʻ aligin tutdi (Oʻrxun-Enasoy) – „Azlar garovini qoʻli bilan tutdi“. 2. Ushbu qoʻshimchalar shuningdek birgalik kelishigining oʼrnida ham qoʼllanilgan.
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Vosita kelishigi · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.